Jild 4 № 110 (2025): Jamiyat va boshqaruv

Jild 4 № 110 (2025): Jamiyat va boshqaruv
Nashr qilingan: 21-02-2026

Jamiyat va Boshqaruv jurnali, O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori bilan, dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Maqolalar

Oʻzbekiston Konstitutsiyasi – adolat va qonuniylik asosi

maqolada qonuniylik va adolat prinsiplarining ahamiyati, konstitutsiyaviy asoslari, adolatning amalga oshishida qonuniylikning oʻrni koʻrsatilgan. Shuningdek, Konstitutsiyaning birinchi moddasida davlatning huquqiy, ijtimoiy deb belgilanishi va shuning hujjatlarda davlatlarda qonuniylik va adolat prinsiplarining amalga oshishiga taʼsir qiluvchi omillar, Konstitutsiyadagi qonuniylik, adolat, barqarorlik xususida fikr yuritilgan.

Ozod HUSANOV (Muallif)
4-10 69 26
Aholini ijtimoiy himoya qilish siyosatining nazariy va huquqiy asoslari retrospektiv tahlili

maqolada aholini ijtimoiy himoya qilish siyosatining nazariy asoslari, kategoriya va taʼriflari, huquqiy tizimi hamda Oʻzbekistonda ijtimoiy himoya tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari retrospektiv tahlil qilingan. Tadqiqotda xalqaro taʼriflar, milliy qonunchilik, 1930–2023-yillarda qabul qilingan asosiy normativ hujjatlar va statistik maʼlumotlar oʻrganilib, takomillashtirish jarayonlarining ustuvor, zaif va hal etilishi lozim boʻlgan yoʻnalishlari aniqlangan.

Mavludaxon XODJAYEVA (Muallif)
11-24 20 13
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlikning nazariy va huquqiy masalalari

ushbu ilmiy maqolada transmilliy uyushgan jinoyatchilik va korrupsion jinoyatlarga qarshi kurashishning nazariy hamda huquqiy muammolari sinchkovlik bilan tahlil qilingan. Bundan tashqari, muallif “korrupsiya jinoyati” tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib olgan. Shuningdek, maqolada transmilliy jinoyatlarning belgilari va turlari, jumladan, inson savdosi, mintaqaviy korrupsiya va h.k. oʻrganilgan.


Mazkur ilmiy maqolada jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikning huquqiy asoslari tizimli tahlil qilingan. Muallif maqolada huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimida xalqaro hamkorlik masalalarining nazariy jihatlarini yoritishga harakat qilgan. Shu bilan birga, bugungi kunda dolzarb hisoblangan “xalqaro jinoiy guruh” va “xalqaro jinoiy jamiyat” tushunchalarining mazmun-mohiyati ham tahlil qilingan.


Muallifning xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi boʻyicha qiyosiy tahlili ushbu maqolaning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettirgan.

Daler Validjonov (Muallif)
25-39 4 2
Davlat boshqaruvi tizimida inson resurslarini oʻrganish nazariyasi: gʻarb va markaziy osiyo ilmiy yondashuvlari tahlili

mazkur maqolada davlat boshqaruvi sohasida Gʻarb davlatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi inson resurslarini rivojlantirish masalasini oʻrganish boʻyicha nazariy yondashuvlar keng qamrovli tahlil qilingan. Gʻarb olimlarining, tadqiqotchilarining iqtisodiy modellari, institutsional yondashuvlari va markaziy osiyolik olimlar hamda mutaxassislarning strategik qarashlari maqolada oʻzaro qiyosiy tahlil etilgan.

Utkir ABDUKARIMOV (Muallif)
40-53 4 4
Liberalizm klassiklari: Iyeremiya (Jeremi) Bentam

ushbu maqola XVIII asr Angliya liberalizmining shakllanishida muhim rol oʻynagan, keyin K.Marksning yot fikr tufayli ijodiy yoʻlidan asrining 20-yillaridan to 90-yillarigacha sobiq SSSR hududida, shu jumladan, Oʻzbekistonda qariyb “unutilgan” ingliz faylasufi, huquqshunos, utilitarizm taʼlimotining asoschisi I.Bentam qarashlariga bagʻishlangan. Mutaxassislarning ilmiy tadqiqot ishlari nuqtayi nazaridan qisobga olingan holda ushbu maqolada uning iqtisodiyotga oid qarashlari tahlil etilgan.

Baxtiyar YAKUBOV (Muallif)
54-64 1 2
Ijtimoiy ishonchni oshirishda institutsional madaniyatning roli

ushbu maqolada ijtimoiy ishonchni shakllantirish va mustahkamlashda institutsional madaniyatning oʻrni sotsiologik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Institut, institutsional tashkilotlar faoliyati shaffoflik, masʼuliyat va axloqiy meʼyorlarga asoslanishi ijtimoiy ishonchni taʼminlovchi asosiy omil sifatida qaraladi. Tadqiqotda institutlar bilan fuqarolar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda ishonch darajasiga taʼsir etuvchi ijtimoiy omillar ochib berilgan. Natijalar ijtimoiy barqarorlik va institutsional samaradorlikni oshirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Sirojiddin XUSENOV (Muallif)
65-76 4 1
Taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimidagi kadrlarning professional tayyorgarlik darajasi

maqolada sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi kadrlar dinamikasi, sogʻliqni saqlash sohasidagi kadrlarning ixtisoslik boʻyicha taqsimoti tahlilga oshirilgan. Kelajakda taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasidagi kadrlar potensialini yanada rivojlantirish uchun kompleks yondashuvni amalga oshirish zarurligi asoslab berilgan.

Furqat XODJAYEV (Muallif)
77-84 2 1
Rahbar ayollar boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari

maqolada rahbar ayollarning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida rahbar ayollarning tashkilot samarali boshqarish, strategik qarorlar qabul qilish, muloqot olib borish va muammolarni hal etish kabi asosiy boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirishda ijtimoiy omillar, xususan, oilaviy majburiyatlar, mehnat muhiti, milliy mentalitet hamda jamiyatda mavjud gender stereotiplar oʻrganilgan. Tahlil natijalari boshqaruv salohiyatini rivojlantirishda individual va institutsional yondashuvlarni uygʻunlashtirish zarurligini koʻrsatadi. Shuningdek, maqolada gender tengligini taʼminlashga qaratilgan maqsadli siyosat yuritish, ijtimoiy stereotiplarni bartaraf etish hamda rahbar ayollarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan maxsus dasturlar, treninglar va kouching mexanizmlari orqali ularning zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Javohira XAYDAROVA (Muallif)
85-96 0 0
Qishloq xoʻjaligi korxonalari faoliyatini ekonometrik tahlil qilish va prognozlash

mazkur maqolada Toshkent viloyati fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning 2010–2023-yillardagi iqtisodiy-statistik koʻrsatkichlari tahlil etilgan, berilgan statistik maʼlumotlardan foydalanib, ESYUS dasturi yordamida 2024–2020-yillar oraligʻida oʻrta muddatli prognoz qilingan. Shuningdek, fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishda asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi, band boʻlganlar soni, qishloq xoʻjaligi ekin maydoni kabi taʼsir etuvchi omillar oʻrganilgan va mazkur omillarning eng optimal foydalanish zarurligi va qay birlarini oshirish mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshishiga olib kelishi ilmiy asosda berilgan tahlil qilingan.

Shavkat DJUMANIYAZOV (Muallif)
97-109 2 2
Ichki investitsion salohiyat va xorijiy kapital oʻrtasidagi muvozanat: Oʻzbekiston misolida ichki manbalar samaradorligi

maqolada Oʻzbekistonda asosiy kapitalga investitsiyalar manbalari tarkibi, xorijiy va ichki resurslar nisbatining oʻzgarishi tahlil qilingan. Soʻnggi yillar boʻyicha rasmiy statistika asosida xorijiy investitsiyalar va chet kreditlarining koʻpayishi, shuningdek, korxonalar va aholi mablagʻlari hissasi hisoblab chiqilib, xalqaro ilmiy adabiyotlar sharhi asosida “ichki investitsion salohiyat” tushunchasi aniqlashtirilgan. Ilmiy manbalardagi tarixiy qismlar tizimlashtirilib, milliy iqtisodiyot barqaror oʻsishini taʼminlashda ichki manbalar ustuvor ahamiyatga ega ekani asoslab berilgan. Muallif ichki manbalar oʻsishi xorijiy kapital saldosi oʻrnini toʻldiruvchi vosita boʻlishi kerak, degan xulosaga keladi.

Mufassal ISLOMOVA (Muallif)
110-118 0 0
Ҳудудлар иқтисодий хавфсизлигини таъминлашнинг концептуал жиҳатлари

мазкур мақолада ҳудудлар иқтисодий хавфсизлигини бошқаришнинг илмий-назарий асослари, ҳудудий даражада иқтисодий хавфсизликни таъминлашнинг концептуал ва методологик жиҳатлари ўрганишга бағишланган. Унда “иқтисодий хавфсизлик” тушунчасининг ҳудудий ўлчовдаги моҳияти, асосий таҳдид ва хавф-хатарларнинг таснифи, уларни идентификация қилиш, баҳолаш ва бошқариш механизмлари илмий-назарий нуқтаи назардан таҳлил этилган. Шунингдек, хавфсизлик индикаторлари тизими, мониторинг ва прогнозлаштириш усуллари, стратегик режалаштириш ва ҳудудий сиёсат шакллантиришнинг назарий асослари муҳокама қилинган. Ҳудудий иқтисодий хавфсизликни таъминлашда давлат бошқаруви ва институционал механизмларнинг ўрни ҳам очиб берилган.

Ismatulla JOʻRAYEV (Muallif)
119-127 4 2