Maqolalarga qo‘yiladigan talablar
Hurmatli mualliflar, “Jamiyat va boshqaruv” jurnali tahririyati hamkorlik uchun Sizga minnatdorlik bildiradi va ilmiy maqolalarni berishda quyidagi talablarga rioya qilishingizni soʻraydi
Maqolalar yoʻnalishi:
- davlat boshqaruvi, davlat siyosati, inson resurslarini boshqarish, davlat fuqarolik xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, davlat boshqaruvi organlaridagi isloh etilgan oʻzgarishlar, ushbu yoʻnalishlardagi milliy va jahon tajribalari kabi ustuvor yoʻnalishlar bilan bogʻliq masalalar.
Maqolaning tuzilishi quyidagicha boʻlishi lozim:
- mualliflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: ismi, otasining ismi, familiyasi, ish joyi (toʻliq), lavozimi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi – barchasi uch tilda (oʻzbek, rus, ingliz tillarida) berilishi hamda ish va mobil telefon raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi;
- annotatsiya 50-60 ta soʻz (oʻzbek, rus va ingliz tillarida), kalit soʻzlar (oʻzbek, rus, ingliz tillarida 10 tagacha), kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan manbalar va adabiyotlar roʻyxati;
- foydalanilgan adabiyotlarning manbalari maqola mavzusiga qatʼiy mos kelishi, 20 ta nomdan oshmasligi, nashr muddati 5 yildan oshmagan (fundamental tadqiqotlar boʻyicha monografiyalar bundan mustasno) boʻlishi lozim.
Maqolalar xalqaro IMRAD uslubini qoʻllagan holda yozilishi va quyidagi savollarga javob berishi shart. Kirish (Introduction) – tadqiqot nima uchun oʻtkazildi, uning maqsadi nima va qanday farazlar tekshirib koʻrildi? Metodlar (Methods) – tadqiqot qachon, qayerda, qay tarzda oʻtkazildi? Unda qaysi materiallar ishtirok etdi va ulardan tanlovga qaysilari kiritildi? Natija (Rezults) – yakunda qanday javob topildi? Ilgari surilgan farazlar toʻgʻri aytilganmi? Tavsiya va xulosa (Acknowledgements) – javob nimani bildiradi? U qanday ahamiyat kasb etadi? Muhokama (Discussion) – ushbu tadqiqot boshqa tadqiqotchilar topgan ilmga yana nimalarni qoʻshadi? Boʻlajak tadqiqot tadqiqotlar uchun qanday istiqbolga ega?
Tahririyatga taqdim etilgan maqolalar uchun texnik talablar:
- maqolaning matni Microsoft Word da tayyorlanishi;
- shrift Times New Roman, 14 kegeli, satrlar orasidagi masofa 1,5 interval boʻlishi;
- umumiy hajmi A4 formatida koʻpi bilan jadvallar, rasmlar va roʻyxatlarini qoʻshganda 15 betdan oshmasligi;
- barcha manbalar maqolaning ichki qismida raqamlangan havola tarzida berilishi kerak. Matndagi havolalar kvadrat qavs ichida (masalan, M.Baratov [7], [9]) keltirilishi shart.
Mualliflarga eslatma:
- “Jamiyat va boshqaruv” jurnali yiliga 4-marta elektron shaklda taqdim etiladi;
- maqolalar tahririyatga antiplagiat-hisobot bilan birgalikda taqdim etiladi;
- mualliflar keltirilgan maʼlumotlar, sitatalar, havolalar va bibliografik havolalarning aniqligi uchun toʻliq javobgar boʻladilar;
- etika nuqtayi nazardan tahririyatga taqdim etilgan materiallar original, ilgari boshqa nashrlarda chop etilgan yoki boshqa nashrlarda koʻrib chiqilayotgan boʻlmasligi kerak;
- nashrga qabul qilingan maqolani jurnal tahririyatining yozma roziligisiz ularni boshqa tillarga tarjima qilib takroran chop etmaslikni kafolatlashi kerak;
- ilmiy nashrning joriy sonida muallifning faqat 1 ta maqolasi chop etiladi va unda mualliflar uch nafardan oshmasligi lozim;
- tahririyat maqolalarni qisqartirish, toʻgʻrilash va tahrir qilish huquqiga ega;
- jurnal yuqoridagi talablarga javob bermaydigan qoʻlyozmalarni qaytarish huquqiga ega.
Tahririyatga taqdim etilgan maqolalarning chop etilishi yoki etilmasligi haqidagi qarorni Tahrir hayʼati qabul qiladi;
- tahririyat muallifni faqat nashr qilish boʻyicha xulosa haqida xabardor qiladi. Nashr qilinishi rad etilgan hollarda tahririyat nazariy munozaralarga kirishmaydi.
Maqolalarni journal.dsba.uz sayti orqali yuborish mumkin.
Murojaat uchun telefon: +998 71 232 60 77