Jurnal haqida

Jamiyat va boshqaruv” jurnali – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi muassisligida yiliga 4 martta, elektron shaklda chop etiluvchi ilmiy fundamental jurnal. 1997-yilda tashkil qilingan ushbu jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari asosida yoziladigan ilmiy maqolalarni nashr etishga tavsiya etilgan ommaviy axborot vositalari jumlasiga kiritilgan. Jurnalga o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi maqolalar qabul qilinadi.

Jurnalni chop etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – davlat va jamiyat boshqaruviga, davlatchiligimiz tarixi va nazariyasi, jamoat tashkilotlari bilan hokimiyat organlari o‘rtasida munosabatlar, davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, jamiyat boshqaruvining taʼsirchanligini oshirish, kadrlar siyosatining samaradorligini yuksaltirish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlar bilan bog‘liq masalalar, iqtisodiy va innovatsion rivojlanish, demokratik va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, menejmentning zamonaviy metodlari va yo‘nalishlari, bozor iqtisodiyoti, monetar va fiskal siyosat, marketing, xalqaro hamjamiyatda O‘zbekistonning tutgan o‘rni va rolini  ochib berishga qaratilgan mavzularda ilmiy maqolalarni qabul qilishdan iborat.

Jurnalda ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, maʼnaviy-madaniy fan sohalariga doir, dolzarbligi umumeʼtirof etilgan turli mavzularga oid original g‘oya(lar)ga asoslangan, ilmiy-nazariy va amaliy tadqiqotlar natijalari asosida yozilgan maqolalar, konferensiya, simpozium, seminarlarda qilingan maʼruzalar, uslubiy tavsiyalar, ilmiy obzorlar, tanqidiy xarakterdagi maqolalar, menejment masalalariga oid yangi bosilgan xorijiy adabiyotlar haqidagi materiallar chop etiladi.

– xalqaro indeksi ISSN – 2181-7340.

– jurnal O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 10.04.2013-yilda 0201-son bilan ro‘yxatga olingan.