Maqolalar soni: 6
null

Iqtisodiyot

Ҳудудлар иқтисодий хавфсизлигини таъминлашнинг концептуал жиҳатлари

Мазкур мақолада ҳудудлар иқтисодий хавфсизлигини бошқаришнинг илмий-назарий асослари, ҳудудий даражада иқтисодий хавфсизликни таъминлашнинг концептуал ва методологик жиҳатлари ўрганишга бағишланган. Унда “иқтисодий хавфсизлик” тушунчасининг ҳудудий ўлчовдаги моҳияти, асосий таҳдид ва хавф-хатарларнинг таснифи, уларни идентификация қилиш, баҳолаш ва бошқариш механизмлари илмий-назарий нуқтаи назардан таҳлил этилган. Шунингдек, хавфсизлик индикаторлари тизими, мониторинг ва прогнозлаштириш усуллари, стратегик режалаштириш ва ҳудудий сиёсат шакллантиришнинг назарий асослари муҳокама қилинган. Ҳудудий иқтисодий хавфсизликни таъминлашда давлат бошқаруви ва институционал механизмларнинг ўрни ҳам очиб берилган.

Ismatulla JOʻRAYEV (Muallif)
119-127 20 5
Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati: shakllanish evolyutsiyasi va boshqa integratsion modellar bilan qiyosiy tahlili

Ushbu maqolada postsovet makonida, xususan, Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya jarayonlarining institutsionallashuvi Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YevrAzES) misolida tadqiq etiladi. Tashkilotning 1995- yildagi Bojxona ittifoqidan boshlab, 2000-yilgi Ostona shartnomasigacha bo‘lgan tarixiy evolyutsiyasi va huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Maqolada YevrAzESning boshqaruv tizimi, uning Yevropa Ittifoqi va ASEAN modellari bilan o‘ziga xos farqlari va o‘xshashliklari qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek, tashkilotning transport, energetika va mehnat migratsiyasi sohalaridagi ahamiyati hamda O‘zbekistonning ushbu integratsion tuzilmadagi ishtiroki va istiqbollari yoritilgan. YevrAzESning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) transformatsiyalashuvi integratsiyaning yangi bosqichi sifatida baholanadi. 

Anvar Yuldashev (Muallif)
125-134 22 10
Tarkibiy o‘zgarishlarga yangi nazar: Yangi O‘zbekistondagi iqtisodiy transformatsiyani baholash

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotidagi tarkibiy transformatsiya jarayonlari tahlil qilingan. Iqtisodiy o‘sish dinamikasi, tarmoqlar tarkibidagi o‘zgarishlar hamda iqtisodiy o‘sishning yangi drayverlari baholangan. Shuningdek, texnologik rivojlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari intensivligi asosida tarkibiy o‘zgarishlarning miqdoriy bahosi keltirilgan. Tahlil natijalari so‘nggi yillarda ijobiy siljishlar mavjudligini, biroq yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirish zarurati saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi. Maqolada iqtisodiy siyosatni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.

Jamoliddin Ismailov (Muallif)
109-116 26 20
O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini rivojlantirish

Maqolada O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatining rivojlanishi uning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi hamda zamonaviy sharoitlarda uni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari aniqlanadi. Tahlil 2016–2025-yillar oralig‘idagi tarmoq dinamikasini qamrab olib, ishlab chiqarish tendensiyalari, tarkibiy o‘zgarishlar hamda sanoat rivojlanishidagi o‘rni yoritiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda tarmoq o‘sishi asosan narx omillari hisobiga emas, balki ishlab chiqarish hajmining real kengayishi hisobiga ta’minlangan. ARIMA (0,2,1) modeli esa 2028-yilgacha ijobiy dinamikaning saqlanib qolishini ko‘rsatadi. Shu asosda maqolada chuqur qayta ishlashni rivojlantirish, modernizatsiya, eksport raqobatbardoshligini oshirish va tarmoq ichidagi muvofiqlashtirishni kuchaytirish bo‘yicha amaliy yo‘nalishlar asoslab berilgan.

Golibjon Yuldashev (Muallif)
60-75 21 15
Ichki investitsion salohiyat va xorijiy kapital oʻrtasidagi muvozanat: Oʻzbekiston misolida ichki manbalar samaradorligi

Maqolada Oʻzbekistonda asosiy kapitalga investitsiyalar manbalari tarkibi, xorijiy va ichki resurslar nisbatining oʻzgarishi tahlil qilingan. Soʻnggi yillar boʻyicha rasmiy statistika asosida xorijiy investitsiyalar va chet kreditlarining koʻpayishi, shuningdek, korxonalar va aholi mablagʻlari hissasi hisoblab chiqilib, xalqaro ilmiy adabiyotlar sharhi asosida “ichki investitsion salohiyat” tushunchasi aniqlashtirilgan. Ilmiy manbalardagi tarixiy qismlar tizimlashtirilib, milliy iqtisodiyot barqaror oʻsishini taʼminlashda ichki manbalar ustuvor ahamiyatga ega ekani asoslab berilgan. Muallif ichki manbalar oʻsishi xorijiy kapital saldosi oʻrnini toʻldiruvchi vosita boʻlishi kerak, degan xulosaga keladi.

Mufassal ISLOMOVA (Muallif)
110-118 9 3
Byudjet  jarayonlarida  korrupsiyaning oldini olish – taraqqiyot va farovonlik garovi

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari davlat siyosatida muhim o'rin egallab, bu borada ko‘plab huquqiy va institutsional islohotlar amalga oshirildi.  Maqolada  byudjet  jarayonlarida  korrupsiyaning oldini olish  taraqqiyot va farovonlik garovi ekanligi tahlillar asosida keng yoritilgan.

Sayyora Maxmudova (Muallif)
117-124 15 6