Maqolalar soni: 15
null

Siyosat

“Think tank” yoki “aql markazlari”: davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rni

Siyosiy jarayonlarning shiddat bilan o‘zgarib borishi, axborot hajmi va oqimining ortishi, geosiyosiy jihatdan yangi xavf va tahdidlarning paydo bo‘lishi muayyan siyosiy qarorlar qabul qilishni murakkablashtirmoqda. Ushbu holatlarda davlat boshqaruvida ixtisoslashgan va mustaqil axborot-tahlil institutlari sifatida faoliyat yurituvchi “aql markazlari” bilan yaqindan hamkorlik qilish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu ilmiy maqolada aql markazlarining faoliyati, turlari va ishlash tamoyillari tadqiqotga tortilib, O‘zbekiston sharoitida aql markazlari va tahliliy uyushmalarni rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratilgan.

Sanjar Saidov (Muallif)
42-49 18 30
Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati: shakllanish evolyutsiyasi va boshqa integratsion modellar bilan qiyosiy tahlili

Ushbu maqolada postsovet makonida, xususan, Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya jarayonlarining institutsionallashuvi Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YevrAzES) misolida tadqiq etiladi. Tashkilotning 1995- yildagi Bojxona ittifoqidan boshlab, 2000-yilgi Ostona shartnomasigacha bo‘lgan tarixiy evolyutsiyasi va huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Maqolada YevrAzESning boshqaruv tizimi, uning Yevropa Ittifoqi va ASEAN modellari bilan o‘ziga xos farqlari va o‘xshashliklari qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek, tashkilotning transport, energetika va mehnat migratsiyasi sohalaridagi ahamiyati hamda O‘zbekistonning ushbu integratsion tuzilmadagi ishtiroki va istiqbollari yoritilgan. YevrAzESning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) transformatsiyalashuvi integratsiyaning yangi bosqichi sifatida baholanadi. 

Anvar Yuldashev (Muallif)
125-134 22 10
Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining o‘zaro munosabatlari

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining o‘zaro munosabatlari, qonun ijodkorligi va parlament nazoratidagi hamkorlik, uning huquqiy asoslari rivojlanishi, palatalar o‘rtasida tenglik asosida tuziladigan kelishuv komissiya faoliyatining mohiyati, shuningdek, ularning huquqiy asoslarini yana-da takomillashtirish haqida fikr yuritiladi.

Abdumannob Raximov (Muallif)
15-23 39 30
Prezidentning yashirin vakolatlari: tushuncha, tasniflash va qiyosiy-huquqiy tahlil

Maqolada prezidentning konstitutsiya matnida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilmagan, ammo amaliyotda keng qo‘llaniladigan yashirin vakolatlarining ilmiy-nazariy jihatlari tahlil etilgan, ushbu siyosiy-huquqiy institutning xorijiy adabiyotlardagi muqobil atamalari qiyosiy o‘rganilgan va o‘zaro taqqoslangan, Amerika, Yevropa va MDH olimlari bilan ilmiy bahs-munozaraga kirishilgan holda mualliflik xulosalari ishlab chiqilgan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat rahbarining bu turkumdagi vakolatlari xorijiy mamlakatlarning qonunchiligi va amaliyoti bilan qiyosiy-huquqiy tahlil asosida ochib berilgan.

Алимов Боту (Muallif)
25 20
O‘zbekistonda mahalliy kengashlar faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar markazida mahalliy boshqaruvni takomillashtirish ma-salasi turibdi. Shu sababli mazkur maqolada mahalliy vakillik organlari faoliyatini tako-millashtirishning bugungi kundagi ustuvor yo‘nalishlari, shu sohada ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar fikri, xulosa va takliflarini o‘rganib chiqqan holda tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada, mahalliy vakillik organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha muallif-ning xulosa va takliflari ham urin olgan.

Baxtiyor Shodmonov (Muallif)
33-41 43 27
O‘zbekiston Parlamentining Davlat hokimiyati organlarini shakllantirishdagi ishtiroki

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyatini shakllantirishdagi ishtiroki, uning mohiyati va ahamiyati, xalq hokimiyatchiligi, uning huquqiy asoslari hamda uni yana-da takomillashtirish masalalari haqida fikr yuritiladi.

Abdumannob Raximov (Muallif)
8-16 65 29
Maʼmuriy tartib-tamoyillarni isloh qilish va “Maʼmuriy tartib-qoidalar to‘g‘risida”gi Qonunni amalga oshirishda maʼmuriy adliyaning asosiy roli to‘g‘risida

Maqola maʼmuriy ish yuri-tish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish masalalariga, sud nazorati muammolariga, sudgacha murojaat qilish masalalariga bagishlangan. Muallif maʼmuriy tartib-taomillarni isloh qilish va Qonunni amalga oshirishda, maʼmuriy sud-lov doirasida maʼmuriy shikoyat tizimini rivojlantirishda maʼmuriy adliyaning hal qiluvchi roli o‘z samarasini beri shi zarur-ligini qayd etadi.

Isa Xamedov, Bexzod Paygamov (Muallif)
17-24 68 19
Markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari vazifa va funksiyalarining taqsimlanishi: O‘zbekiston va aqsh tajribasi misolida

Maqolada mamlakatimizda davlat boshqaruvi organlari vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga, viloyatdan tuman (shahar) davlat hokimiyati organlariga o‘tkazishni nazarda tutgan holda, davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomar-kazlashtirish islohotlarining mazmun-mohiyati, maʼmuriy nomarkazlashtirish to‘g‘risidagi turli ilmiy yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, davlat boshqaruvini demokratlashti-rishda markaziy hamda mahalliy davlat bosh-qaruvi organlari vakolatlari taqsimlanishi zarurati va huquqiy asoslari ochib berilgan. Shuningdek, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlari vakolatlari chegaralari O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Ko‘shma Shtatlari tajribasi asosida tahlil etilib, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliya-tini samarali tashkil etishga oid takliflar ishlab chiqilgan.

Xushvaqt Xayitov (Muallif)
29-36 76 41
Mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarni takomillashtirish samaradorlikning muhim omili sifatida

 Mazkur maqolada mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadigan huj-jatlarning qiyosiy-siyosiy hamda huquqiy tah-lilini olib borish orqali ushbu hujjatlarning o‘ziga xos jihatlari hamda muhim bo‘lgan xususi-yatlari to‘g‘risida so‘z yuritilib, mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadigan normativ tusdagi x,amda individual tusdagi qarorlar va farmoyishlar yuzasidan milliy qonunchilikka takliflar hamda ularning asoslari atroflicha muhokama qilinadi.

Sanjarbek Abduraxmanov (Muallif)
25-32 38 14
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqilligi -samaradorlik kafolati

Maqola mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni tadqiq etishni maqsad qilgan. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan qoidalar ahamiyati, Konstitutsiya normalarini amalga oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining mazmun-mohiyati taqlil qilinib, tadqiqot natijasida, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish borasida taklif va tav-siyalar ishlab chiqilgan..

Ozod Husanov (Muallif)
24-28 36 37
Liberalizm klassiklari: Iyeremiya (Jeremi) Bentam

Ushbu maqola XVIII asr Angliya liberalizmining shakllanishida muhim rol oʻynagan, keyin K.Marksning yot fikr tufayli ijodiy yoʻlidan asrining 20-yillaridan to 90-yillarigacha sobiq SSSR hududida, shu jumladan, Oʻzbekistonda qariyb “unutilgan” ingliz faylasufi, huquqshunos, utilitarizm taʼlimotining asoschisi I.Bentam qarashlariga bagʻishlangan. Mutaxassislarning ilmiy tadqiqot ishlari nuqtayi nazaridan qisobga olingan holda ushbu maqolada uning iqtisodiyotga oid qarashlari tahlil etilgan.

Baxtiyar YAKUBOV (Muallif)
54-64 10 6
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlikning nazariy va huquqiy masalalari

Ushbu ilmiy maqolada transmilliy uyushgan jinoyatchilik va korrupsion jinoyatlarga qarshi kurashishning nazariy hamda huquqiy muammolari sinchkovlik bilan tahlil qilingan. Bundan tashqari, muallif “korrupsiya jinoyati” tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib olgan. Shuningdek, maqolada transmilliy jinoyatlarning belgilari va turlari, jumladan, inson savdosi, mintaqaviy korrupsiya va h.k. oʻrganilgan.


Mazkur ilmiy maqolada jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikning huquqiy asoslari tizimli tahlil qilingan. Muallif maqolada huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimida xalqaro hamkorlik masalalarining nazariy jihatlarini yoritishga harakat qilgan. Shu bilan birga, bugungi kunda dolzarb hisoblangan “xalqaro jinoiy guruh” va “xalqaro jinoiy jamiyat” tushunchalarining mazmun-mohiyati ham tahlil qilingan.


Muallifning xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi boʻyicha qiyosiy tahlili ushbu maqolaning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettirgan.

Daler Validjonov (Muallif)
25-39 13 5
Ijtimoiy ishonchni oshirishda institutsional madaniyatning roli

Ushbu maqolada ijtimoiy ishonchni shakllantirish va mustahkamlashda institutsional madaniyatning oʻrni sotsiologik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Institut, institutsional tashkilotlar faoliyati shaffoflik, masʼuliyat va axloqiy meʼyorlarga asoslanishi ijtimoiy ishonchni taʼminlovchi asosiy omil sifatida qaraladi. Tadqiqotda institutlar bilan fuqarolar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda ishonch darajasiga taʼsir etuvchi ijtimoiy omillar ochib berilgan. Natijalar ijtimoiy barqarorlik va institutsional samaradorlikni oshirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Sirojiddin XUSENOV (Muallif)
65-76 14 2
Davlat siyosatining natijadrligi mahalla ahlining rziligi bilan o‘lchanishi islohotlar samaradrligining bosh mezoniga aylanmoqda

Davlatimiz rahbari tomonidan bir necha bor taʼkidlanganidek, "har bir davlat organining, har bir davlat amaldorining samaradorligi vo natijadorligi uning faoliyatidan aholining roziligi bilan o‘lchanadi” vo bu mezon to‘laligicha davlat siyosati va boshqaruvi tizimi qon tomirlariga singdirilmoqda. Mahalla obodligi va xalq farovonligini taʼminlash samarali davlat boshqaruvi tizimining asosiy indikatoriga aylanmoqda. "Samarali davlat" konsepsiyasi davlat xizmatchilaridan innovatsiyalarga ochiqlikni, yangi g‘oyalar va imkoniyatlarni boshqaruv tizimida ko‘llay olishni, ilg‘or davlatlar va o‘z tajribamizdan ham o‘rganishga tayyorlikni talab qiladi.

Adxam Bekmurodov (Muallif)
4-14 25 12
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini kadrlar bilan taʼminlash mexanizmlari va tartiblari

Maqola davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga kadrlarni qabul qilishning mexanizmlari va tartib-taomillarini tahlil etishni maqsad qilgan. Maqolada davlat fuqarolik xizmati lavozim guruhlariga kadrlarni tayyorlash va tanlash usullari tahlil qilinib, davlat fuqarolik xizmatiga kirishning ikki xil tartibi ajratib koʻrsatilgan, shuningdek, maqolada tanlovlarning tartib-taomillari, 2020-2026-yillarda oʻtkazilgan tanlovlarning statistik maʼlumotlari tahlil qilingan. Muallif rahbar kadrlarni shakllantirishning Milliy kadrlar zaxirasi tizimini tadqiq etib, milliy kadrlar zaxirasidan samarali foydalanishning samarali mexanizmlarini ilgari surilgan. Tadqiqotdan kelib chiqib, davlat fuqarolik xizmatini kadrlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish yuzasidan bir qator taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

Dilmurodjon Raximov (Muallif)
9-18 24 12