Maqolada mamlakatimizda davlat boshqaruvi organlari vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga, viloyatdan tuman (shahar) davlat hokimiyati organlariga o‘tkazishni nazarda tutgan holda, davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomar-kazlashtirish islohotlarining mazmun-mohiyati, maʼmuriy nomarkazlashtirish to‘g‘risidagi turli ilmiy yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, davlat boshqaruvini demokratlashti-rishda markaziy hamda mahalliy davlat bosh-qaruvi organlari vakolatlari taqsimlanishi zarurati va huquqiy asoslari ochib berilgan. Shuningdek, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlari vakolatlari chegaralari O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Ko‘shma Shtatlari tajribasi asosida tahlil etilib, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliya-tini samarali tashkil etishga oid takliflar ishlab chiqilgan.
Davlatimiz rahbari tomonidan bir necha bor taʼkidlanganidek, "har bir davlat organining, har bir davlat amaldorining samaradorligi vo natijadorligi uning faoliyatidan aholining roziligi bilan o‘lchanadi” vo bu mezon to‘laligicha davlat siyosati va boshqaruvi tizimi qon tomirlariga singdirilmoqda. Mahalla obodligi va xalq farovonligini taʼminlash samarali davlat boshqaruvi tizimining asosiy indikatoriga aylanmoqda. "Samarali davlat" konsepsiyasi davlat xizmatchilaridan innovatsiyalarga ochiqlikni, yangi g‘oyalar va imkoniyatlarni boshqaruv tizimida ko‘llay olishni, ilg‘or davlatlar va o‘z tajribamizdan ham o‘rganishga tayyorlikni talab qiladi.
Maqola davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga kadrlarni qabul qilishning mexanizmlari va tartib-taomillarini tahlil etishni maqsad qilgan. Maqolada davlat fuqarolik xizmati lavozim guruhlariga kadrlarni tayyorlash va tanlash usullari tahlil qilinib, davlat fuqarolik xizmatiga kirishning ikki xil tartibi ajratib koʻrsatilgan, shuningdek, maqolada tanlovlarning tartib-taomillari, 2020-2026-yillarda oʻtkazilgan tanlovlarning statistik maʼlumotlari tahlil qilingan. Muallif rahbar kadrlarni shakllantirishning Milliy kadrlar zaxirasi tizimini tadqiq etib, milliy kadrlar zaxirasidan samarali foydalanishning samarali mexanizmlarini ilgari surilgan. Tadqiqotdan kelib chiqib, davlat fuqarolik xizmatini kadrlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish yuzasidan bir qator taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Maqolada O‘zbekiston davlat boshqaruvidа ilm-fanni rivojlantirish istiqbollari bayon etilgan. Unda ushbu sohaning ahamiyati baholanib, davlat boshqaruvida innovatsiyalar va ilmiy ishlanmalarning ahamiyati asoslab berilgan. Fuqarolarning davlat boshqaruvida ilm-fanni rivojlantirishdagi ishtiroki alohida ta’kidlangan. O‘zbekistonda ilm-fanni davlat boshqaruviga integratsiya qilish bo‘yicha takliflar ham ishlab chiqilgan.
Maqola mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni tadqiq etishni maqsad qilgan. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan qoidalar ahamiyati, Konstitutsiya normalarini amalga oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining mazmun-mohiyati taqlil qilinib, tadqiqot natijasida, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish borasida taklif va tav-siyalar ishlab chiqilgan..
Mazkur maqola davlat fuqarolik xizmatchilari salohiyatini muntazam ravishda oshirishning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) bajarish qobiliyatiga taʼsiri tahliliga bag‘ishlangan. Maqolada davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish masalalariga alohida urg‘u berilgan. Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarini o‘qitish bilan bog‘lik, xarajatlar va KPI bajarilishining dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilingan. Bunda, alohida eʼtibor Davlat boshqaruvi akademiyasining o‘quv dasturlari samaradorligini aniqlashga qaratilgan.
Maqolada raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining parlament faoliyatiga integratsiyasi masalasi tadqiq etilib, Parlamentlararo ittifoq (PAI), Yevropa va AQSh parlamentlari xorijiy tajribasi hamda O‘zbekiston parlamentining raqamlashtirish islohotlari tahlil qilingan. Maqolada SIning qonun ijodkorligi, analitik jarayonlar va jamoatchilik bilan muloqotni takomillashtirishdagi roli ochib berilib, shu bilan birga, ma’lumotlar xavfsizligi, algoritmik bias va etik xatarlar masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot asosida O‘zbekiston parlamenti uchun inson nazoratidagi (human-in-the-loop) bosqichma-bosqich integratsiya, “laboratoriya muhiti”da sinovdan o‘tkazish va etik me’yorlar asosida SI texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha siyosiy-huquqiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mazkur maqolada davlat boshqaruvi sohasida Gʻarb davlatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi inson resurslarini rivojlantirish masalasini oʻrganish boʻyicha nazariy yondashuvlar keng qamrovli tahlil qilingan. Gʻarb olimlarining, tadqiqotchilarining iqtisodiy modellari, institutsional yondashuvlari va markaziy osiyolik olimlar hamda mutaxassislarning strategik qarashlari maqolada oʻzaro qiyosiy tahlil etilgan.
Maqolada davlat boshqaruvida elektron va raqamli hukumat doirasida yagona raqamli platformani joriy etish, O‘zbekistonda elektron hukumatning rivojlanish tendensiyasi, «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi yo‘nalishlari, idoralararo integratsiyani kuchaytirish va ma’lumotlarga asoslangan aqlli boshqaruv mexanizmlarini joriy etish masalalari yoritilgan. Sotsiologik yondashuv asosida raqamli va elektron hukumatning ijtimoiy tabiati, institutsional xususiyatlari hamda davlat boshqaruvi doirasida shakllanadigan munosabatlar tizimi ilmiy jihatdan tahlil etilgan.
Ushbu maqolada postsovet makonida, xususan, Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya jarayonlarining institutsionallashuvi Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YevrAzES) misolida tadqiq etiladi. Tashkilotning 1995- yildagi Bojxona ittifoqidan boshlab, 2000-yilgi Ostona shartnomasigacha bo‘lgan tarixiy evolyutsiyasi va huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Maqolada YevrAzESning boshqaruv tizimi, uning Yevropa Ittifoqi va ASEAN modellari bilan o‘ziga xos farqlari va o‘xshashliklari qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek, tashkilotning transport, energetika va mehnat migratsiyasi sohalaridagi ahamiyati hamda O‘zbekistonning ushbu integratsion tuzilmadagi ishtiroki va istiqbollari yoritilgan. YevrAzESning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) transformatsiyalashuvi integratsiyaning yangi bosqichi sifatida baholanadi.
Mazkur maqolada rahbar ayollarning boshkdruv kompetensiyalarini rivojlantirishdagi to‘siqlar tizimli tahlil qilinib, ayollarning shaxsiy rivojlanishiga to‘sik, bo‘luvchi omillar yoritilgan. Shuningdek, rahbar ayollarning karyera va biznesdagi motivatorlari tasniflangan, ularning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishdagi to‘sikdarni tizimli bartaraf etish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotidagi tarkibiy transformatsiya jarayonlari tahlil qilingan. Iqtisodiy o‘sish dinamikasi, tarmoqlar tarkibidagi o‘zgarishlar hamda iqtisodiy o‘sishning yangi drayverlari baholangan. Shuningdek, texnologik rivojlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari intensivligi asosida tarkibiy o‘zgarishlarning miqdoriy bahosi keltirilgan. Tahlil natijalari so‘nggi yillarda ijobiy siljishlar mavjudligini, biroq yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirish zarurati saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi. Maqolada iqtisodiy siyosatni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyatini shakllantirishdagi ishtiroki, uning mohiyati va ahamiyati, xalq hokimiyatchiligi, uning huquqiy asoslari hamda uni yana-da takomillashtirish masalalari haqida fikr yuritiladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar markazida mahalliy boshqaruvni takomillashtirish ma-salasi turibdi. Shu sababli mazkur maqolada mahalliy vakillik organlari faoliyatini tako-millashtirishning bugungi kundagi ustuvor yo‘nalishlari, shu sohada ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar fikri, xulosa va takliflarini o‘rganib chiqqan holda tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada, mahalliy vakillik organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha muallif-ning xulosa va takliflari ham urin olgan.
Maqola maʼmuriy ish yuri-tish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish masalalariga, sud nazorati muammolariga, sudgacha murojaat qilish masalalariga bagishlangan. Muallif maʼmuriy tartib-taomillarni isloh qilish va Qonunni amalga oshirishda, maʼmuriy sud-lov doirasida maʼmuriy shikoyat tizimini rivojlantirishda maʼmuriy adliyaning hal qiluvchi roli o‘z samarasini beri shi zarur-ligini qayd etadi.
Maqolada Qirg‘izistonda davlat-xususiy sheriklik (DXSh)ni rivojlantirishning o‘n yildan ortiq tajribasi tahlil qilinadi. Unda eskirgan konsessiya modellardan zamonaviy, moslashuvchan hamkorlik mexanizmlariga o‘tish jarayoni ko‘rib chiqiladi. Siyosiy tavakkalchiliklar va tavakkalchiliklarni baholash metodikasining yo‘qligi kabi asosiy to‘siqlar aniqlangan, shuningdek raqamlashtirish va dasturlarni tarmoqlar bo‘yicha ajratish orqali qonunchilikni takomillashtirish yo‘llari taklif etilgan.
Mazkur maqolada "mahalla yettiligi" vakillarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan taʼlim dasturlarini onlayn tarzda amalga oshirishning o‘ziga xos jihatlari, mahalla xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalari tahlil qilingan
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining o‘zaro munosabatlari, qonun ijodkorligi va parlament nazoratidagi hamkorlik, uning huquqiy asoslari rivojlanishi, palatalar o‘rtasida tenglik asosida tuziladigan kelishuv komissiya faoliyatining mohiyati, shuningdek, ularning huquqiy asoslarini yana-da takomillashtirish haqida fikr yuritiladi.
Ushbu ilmiy maqolada transmilliy uyushgan jinoyatchilik va korrupsion jinoyatlarga qarshi kurashishning nazariy hamda huquqiy muammolari sinchkovlik bilan tahlil qilingan. Bundan tashqari, muallif “korrupsiya jinoyati” tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib olgan. Shuningdek, maqolada transmilliy jinoyatlarning belgilari va turlari, jumladan, inson savdosi, mintaqaviy korrupsiya va h.k. oʻrganilgan.
Mazkur ilmiy maqolada jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikning huquqiy asoslari tizimli tahlil qilingan. Muallif maqolada huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimida xalqaro hamkorlik masalalarining nazariy jihatlarini yoritishga harakat qilgan. Shu bilan birga, bugungi kunda dolzarb hisoblangan “xalqaro jinoiy guruh” va “xalqaro jinoiy jamiyat” tushunchalarining mazmun-mohiyati ham tahlil qilingan.
Muallifning xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi boʻyicha qiyosiy tahlili ushbu maqolaning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettirgan.