Ushbu maqolada postsovet makonida, xususan, Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya jarayonlarining institutsionallashuvi Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YevrAzES) misolida tadqiq etiladi. Tashkilotning 1995- yildagi Bojxona ittifoqidan boshlab, 2000-yilgi Ostona shartnomasigacha bo‘lgan tarixiy evolyutsiyasi va huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Maqolada YevrAzESning boshqaruv tizimi, uning Yevropa Ittifoqi va ASEAN modellari bilan o‘ziga xos farqlari va o‘xshashliklari qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek, tashkilotning transport, energetika va mehnat migratsiyasi sohalaridagi ahamiyati hamda O‘zbekistonning ushbu integratsion tuzilmadagi ishtiroki va istiqbollari yoritilgan. YevrAzESning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) transformatsiyalashuvi integratsiyaning yangi bosqichi sifatida baholanadi.
Maqolada prezidentning konstitutsiya matnida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilmagan, ammo amaliyotda keng qo‘llaniladigan yashirin vakolatlarining ilmiy-nazariy jihatlari tahlil etilgan, ushbu siyosiy-huquqiy institutning xorijiy adabiyotlardagi muqobil atamalari qiyosiy o‘rganilgan va o‘zaro taqqoslangan, Amerika, Yevropa va MDH olimlari bilan ilmiy bahs-munozaraga kirishilgan holda mualliflik xulosalari ishlab chiqilgan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat rahbarining bu turkumdagi vakolatlari xorijiy mamlakatlarning qonunchiligi va amaliyoti bilan qiyosiy-huquqiy tahlil asosida ochib berilgan.
Ushbu ilmiy maqolada transmilliy uyushgan jinoyatchilik va korrupsion jinoyatlarga qarshi kurashishning nazariy hamda huquqiy muammolari sinchkovlik bilan tahlil qilingan. Bundan tashqari, muallif “korrupsiya jinoyati” tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib olgan. Shuningdek, maqolada transmilliy jinoyatlarning belgilari va turlari, jumladan, inson savdosi, mintaqaviy korrupsiya va h.k. oʻrganilgan.
Mazkur ilmiy maqolada jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikning huquqiy asoslari tizimli tahlil qilingan. Muallif maqolada huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimida xalqaro hamkorlik masalalarining nazariy jihatlarini yoritishga harakat qilgan. Shu bilan birga, bugungi kunda dolzarb hisoblangan “xalqaro jinoiy guruh” va “xalqaro jinoiy jamiyat” tushunchalarining mazmun-mohiyati ham tahlil qilingan.
Muallifning xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi boʻyicha qiyosiy tahlili ushbu maqolaning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettirgan.
Mazkur maqolada mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadigan huj-jatlarning qiyosiy-siyosiy hamda huquqiy tah-lilini olib borish orqali ushbu hujjatlarning o‘ziga xos jihatlari hamda muhim bo‘lgan xususi-yatlari to‘g‘risida so‘z yuritilib, mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadigan normativ tusdagi x,amda individual tusdagi qarorlar va farmoyishlar yuzasidan milliy qonunchilikka takliflar hamda ularning asoslari atroflicha muhokama qilinadi.