Jamiyat va boshqaruv logo
  • Yangi son
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Kontaktlar
    • Maqolalarga qo'yiladigan talablar
    • Tahririyat siyosati
  • Arxivlar
  • FAQ
    • en
    • ru
    • uz
  • Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Topish
  1. Uy
  2. Topish

Maqolalarni qidirish

Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: {$count}.
O‘zbekistonda davlat va jamiyatning ijtimoiy stratifikatsion va demografik o‘zgarishlari retrospektiv tahlili

Maqolada 1991-2000 yillarda O‘zbekistonda jamiyatning ijtimoiy stratifikatsiyasi va uning demografik tarkibidagi o‘zgarishlar, mamlakat aholisi soniningdinamikasi retrospektiv usullar bilan tahlil etilgan. Shuningdek, mamlakat aholisining deyarli 60 foizi band bo‘lgan qishloq xo‘jaligidagi islohot-lar natijasida jamiyatning tabaqalashuvidagi transformatsion va evolyutsion uzgarishlar ochib beriladi. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi no-rentabel yirik sanoat ishlab chiqaruvchi zavodlar o‘rniga tashkil qilingan sanoat zonalari va texnoparklarni tashkil qilish orqali yangi ish o‘rinlari yuzaga kelishining jamiyat sotsial tarkibiga taʼsiri statistik va kontent tahlil qilish orqali asoslab berilgan.

07-02-2025
Maqola
Xasan Bekmurodov (Muallif)
68-76 42 17
Ichki investitsion salohiyat va xorijiy kapital oʻrtasidagi muvozanat: Oʻzbekiston misolida ichki manbalar samaradorligi

Maqolada Oʻzbekistonda asosiy kapitalga investitsiyalar manbalari tarkibi, xorijiy va ichki resurslar nisbatining oʻzgarishi tahlil qilingan. Soʻnggi yillar boʻyicha rasmiy statistika asosida xorijiy investitsiyalar va chet kreditlarining koʻpayishi, shuningdek, korxonalar va aholi mablagʻlari hissasi hisoblab chiqilib, xalqaro ilmiy adabiyotlar sharhi asosida “ichki investitsion salohiyat” tushunchasi aniqlashtirilgan. Ilmiy manbalardagi tarixiy qismlar tizimlashtirilib, milliy iqtisodiyot barqaror oʻsishini taʼminlashda ichki manbalar ustuvor ahamiyatga ega ekani asoslab berilgan. Muallif ichki manbalar oʻsishi xorijiy kapital saldosi oʻrnini toʻldiruvchi vosita boʻlishi kerak, degan xulosaga keladi.

23-02-2026
Maqola
Mufassal ISLOMOVA (Muallif)
110-118 9 3
Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati: shakllanish evolyutsiyasi va boshqa integratsion modellar bilan qiyosiy tahlili

Ushbu maqolada postsovet makonida, xususan, Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya jarayonlarining institutsionallashuvi Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YevrAzES) misolida tadqiq etiladi. Tashkilotning 1995- yildagi Bojxona ittifoqidan boshlab, 2000-yilgi Ostona shartnomasigacha bo‘lgan tarixiy evolyutsiyasi va huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Maqolada YevrAzESning boshqaruv tizimi, uning Yevropa Ittifoqi va ASEAN modellari bilan o‘ziga xos farqlari va o‘xshashliklari qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek, tashkilotning transport, energetika va mehnat migratsiyasi sohalaridagi ahamiyati hamda O‘zbekistonning ushbu integratsion tuzilmadagi ishtiroki va istiqbollari yoritilgan. YevrAzESning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) transformatsiyalashuvi integratsiyaning yangi bosqichi sifatida baholanadi. 

12-05-2026
Maqola
Anvar Yuldashev (Muallif)
125-134 22 10
Tarkibiy o‘zgarishlarga yangi nazar: Yangi O‘zbekistondagi iqtisodiy transformatsiyani baholash

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotidagi tarkibiy transformatsiya jarayonlari tahlil qilingan. Iqtisodiy o‘sish dinamikasi, tarmoqlar tarkibidagi o‘zgarishlar hamda iqtisodiy o‘sishning yangi drayverlari baholangan. Shuningdek, texnologik rivojlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari intensivligi asosida tarkibiy o‘zgarishlarning miqdoriy bahosi keltirilgan. Tahlil natijalari so‘nggi yillarda ijobiy siljishlar mavjudligini, biroq yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirish zarurati saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi. Maqolada iqtisodiy siyosatni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.

05-05-2026
Maqola
Jamoliddin Ismailov (Muallif)
109-116 26 20
Parlamentlarda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etish: xorijiy va milliy tajriba

Maqolada raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining parlament faoliyatiga integratsiyasi masalasi tadqiq etilib, Parlamentlararo ittifoq (PAI), Yevropa va AQSh parlamentlari xorijiy tajribasi hamda O‘zbekiston parlamentining raqamlashtirish islohotlari tahlil qilingan. Maqolada SIning qonun ijodkorligi, analitik jarayonlar va jamoatchilik bilan muloqotni takomillashtirishdagi roli ochib berilib, shu bilan birga, ma’lumotlar xavfsizligi, algoritmik bias va etik xatarlar masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot asosida O‘zbekiston parlamenti uchun inson nazoratidagi (human-in-the-loop) bosqichma-bosqich integratsiya, “laboratoriya muhiti”da sinovdan o‘tkazish va etik me’yorlar asosida SI texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha siyosiy-huquqiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.


 

21-04-2026
Maqola
Alisher Pardabayevich (Muallif)
25-34 22 12
Raqamli transformatsiyaning raqamli hukumat  faoliyatini optimallashtirishdagi roli

Maqolada davlat boshqaruvida elektron va raqamli hukumat doirasida yagona raqamli platformani joriy etish, O‘zbekistonda elektron hukumatning rivojlanish tendensiyasi, «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi yo‘nalishlari, idoralararo integratsiyani kuchaytirish va ma’lumotlarga asoslangan aqlli boshqaruv mexanizmlarini joriy etish masalalari yoritilgan. Sotsiologik yondashuv asosida raqamli va elektron hukumatning ijtimoiy tabiati, institutsional xususiyatlari hamda davlat boshqaruvi doirasida shakllanadigan munosabatlar tizimi ilmiy jihatdan tahlil etilgan. 

22-04-2026
Maqola
Hojiyev Zavqiddin (Muallif)
50-59 19 75
O‘zbekiston Parlamentining Davlat hokimiyati organlarini shakllantirishdagi ishtiroki

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyatini shakllantirishdagi ishtiroki, uning mohiyati va ahamiyati, xalq hokimiyatchiligi, uning huquqiy asoslari hamda uni yana-da takomillashtirish masalalari haqida fikr yuritiladi.

22-01-2025
Maqola
Abdumannob Raximov (Muallif)
8-16 65 29
Markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari vazifa va funksiyalarining taqsimlanishi: O‘zbekiston va aqsh tajribasi misolida

Maqolada mamlakatimizda davlat boshqaruvi organlari vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga, viloyatdan tuman (shahar) davlat hokimiyati organlariga o‘tkazishni nazarda tutgan holda, davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomar-kazlashtirish islohotlarining mazmun-mohiyati, maʼmuriy nomarkazlashtirish to‘g‘risidagi turli ilmiy yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, davlat boshqaruvini demokratlashti-rishda markaziy hamda mahalliy davlat bosh-qaruvi organlari vakolatlari taqsimlanishi zarurati va huquqiy asoslari ochib berilgan. Shuningdek, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlari vakolatlari chegaralari O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Ko‘shma Shtatlari tajribasi asosida tahlil etilib, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliya-tini samarali tashkil etishga oid takliflar ishlab chiqilgan.

22-01-2025
Maqola
Xushvaqt Xayitov (Muallif)
29-36 76 41
Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish– muhim strategik vazifa

Iqlim inqirozi, beqarorlik va qutblanish davrida dunyo jamo-atchiligi manfaatlarini himoya qilish uchun dunyo ahli masʼuliyatli rahbarlar va mustaqil institutlarga har qachongidan ham ko‘proq muhtoj - shunga qaramay, ko‘pincha, ular yetishmayapti. maqolada o‘zbekistonda korrupsiyadan xoli muhit yaratish borasida keng ko‘lamli islohotlar strategiyasi yoritilgan.

02-05-2026
Maqola
Farrux Gaybullayev (Muallif)
101-108 11 7
O‘zbekiston davlat boshqaruvida ilm-fanni rivojlantirish istiqbollari

Maqolada O‘zbekiston davlat boshqaruvidа ilm-fanni rivojlantirish istiqbollari bayon etilgan. Unda ushbu sohaning ahamiyati baholanib, davlat boshqaruvida innovatsiyalar va ilmiy ishlanmalarning ahamiyati asoslab berilgan. Fuqarolarning davlat boshqaruvida ilm-fanni rivojlantirishdagi   ishtiroki alohida ta’kidlangan. O‘zbekistonda ilm-fanni davlat boshqaruviga integratsiya qilish bo‘yicha takliflar ham ishlab chiqilgan.

21-04-2026
Maqola
Dilfuza Raximova (Muallif)
3-8 27 18
Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining o‘zaro munosabatlari

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining o‘zaro munosabatlari, qonun ijodkorligi va parlament nazoratidagi hamkorlik, uning huquqiy asoslari rivojlanishi, palatalar o‘rtasida tenglik asosida tuziladigan kelishuv komissiya faoliyatining mohiyati, shuningdek, ularning huquqiy asoslarini yana-da takomillashtirish haqida fikr yuritiladi.

22-01-2025
Maqola
Abdumannob Raximov (Muallif)
15-23 39 30
Islom sivilizatsiyasi markazi – Markaziy Osiyo tamaddunining “tashrif qog‘ozi”

Ushbu maqolada Islom sivilizatsiyasi markazi madaniy merosni saqlash, milliy o‘zlikni shakllantirish va madaniy diplomatiyaning kesishmasida faoliyat yurituvchi ko‘p qirrali institut sifatida tadqiq etilgan. Maqolada Markazning tarixiy xotirani qayta tiklash, O‘zbekistonning sivilizatsiya merosini targ‘ib qilish hamda mamlakatning xalqaro munosabatlardagi “yumshoq kuchi”ni mustahkamlashdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qayd etilgan madaniy markaz nafaqat muzey yoki akademik muassasa, balki O‘zbekistonning ichki milliy o‘zligini va xalqaro imijini belgilashga xizmat qiluvchi mamlakatning strategik vositasi sifatida faoliyat yuritadi. Markaz O‘zbekistonning Islom intellektual merosining zamonaviy vorisi sifatida namoyon etishi va mintaqaviy madaniy diplomatiyada yеtakchi kuch sifatida shakllanishi uchun muhim mexanizmdir.

27-04-2026
Maqola
Qodir Juraev, Shavkat Toshev (Muallif)
76-81 36 20
O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini rivojlantirish

Maqolada O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatining rivojlanishi uning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi hamda zamonaviy sharoitlarda uni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari aniqlanadi. Tahlil 2016–2025-yillar oralig‘idagi tarmoq dinamikasini qamrab olib, ishlab chiqarish tendensiyalari, tarkibiy o‘zgarishlar hamda sanoat rivojlanishidagi o‘rni yoritiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda tarmoq o‘sishi asosan narx omillari hisobiga emas, balki ishlab chiqarish hajmining real kengayishi hisobiga ta’minlangan. ARIMA (0,2,1) modeli esa 2028-yilgacha ijobiy dinamikaning saqlanib qolishini ko‘rsatadi. Shu asosda maqolada chuqur qayta ishlashni rivojlantirish, modernizatsiya, eksport raqobatbardoshligini oshirish va tarmoq ichidagi muvofiqlashtirishni kuchaytirish bo‘yicha amaliy yo‘nalishlar asoslab berilgan.

25-04-2026
Maqola
Golibjon Yuldashev (Muallif)
60-75 21 15
Oʻzbekiston Konstitutsiyasi – adolat va qonuniylik asosi

Мaqolada qonuniylik va adolat prinsiplarining ahamiyati, konstitutsiyaviy asoslari, adolatning amalga oshishida qonuniylikning oʻrni koʻrsatilgan. Shuningdek, Konstitutsiyaning birinchi moddasida davlatning huquqiy, ijtimoiy deb belgilanishi va shuning hujjatlarda davlatlarda qonuniylik va adolat prinsiplarining amalga oshishiga taʼsir qiluvchi omillar, Konstitutsiyadagi qonuniylik, adolat, barqarorlik xususida fikr yuritilgan.

21-02-2026
Maqola
Ozod HUSANOV (Muallif)
4-10 84 37
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqilligi -samaradorlik kafolati

Maqola mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni tadqiq etishni maqsad qilgan. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan qoidalar ahamiyati, Konstitutsiya normalarini amalga oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining mazmun-mohiyati taqlil qilinib, tadqiqot natijasida, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish borasida taklif va tav-siyalar ishlab chiqilgan..

22-01-2025
Maqola
Ozod Husanov (Muallif)
24-28 36 37
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini kadrlar bilan taʼminlash mexanizmlari va tartiblari

Maqola davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga kadrlarni qabul qilishning mexanizmlari va tartib-taomillarini tahlil etishni maqsad qilgan. Maqolada davlat fuqarolik xizmati lavozim guruhlariga kadrlarni tayyorlash va tanlash usullari tahlil qilinib, davlat fuqarolik xizmatiga kirishning ikki xil tartibi ajratib koʻrsatilgan, shuningdek, maqolada tanlovlarning tartib-taomillari, 2020-2026-yillarda oʻtkazilgan tanlovlarning statistik maʼlumotlari tahlil qilingan. Muallif rahbar kadrlarni shakllantirishning Milliy kadrlar zaxirasi tizimini tadqiq etib, milliy kadrlar zaxirasidan samarali foydalanishning samarali mexanizmlarini ilgari surilgan. Tadqiqotdan kelib chiqib, davlat fuqarolik xizmatini kadrlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish yuzasidan bir qator taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

21-04-2026
Maqola
Dilmurodjon Raximov (Muallif)
9-18 24 12
Davlat siyosatining natijadrligi mahalla ahlining rziligi bilan o‘lchanishi islohotlar samaradrligining bosh mezoniga aylanmoqda

Davlatimiz rahbari tomonidan bir necha bor taʼkidlanganidek, "har bir davlat organining, har bir davlat amaldorining samaradorligi vo natijadorligi uning faoliyatidan aholining roziligi bilan o‘lchanadi” vo bu mezon to‘laligicha davlat siyosati va boshqaruvi tizimi qon tomirlariga singdirilmoqda. Mahalla obodligi va xalq farovonligini taʼminlash samarali davlat boshqaruvi tizimining asosiy indikatoriga aylanmoqda. "Samarali davlat" konsepsiyasi davlat xizmatchilaridan innovatsiyalarga ochiqlikni, yangi g‘oyalar va imkoniyatlarni boshqaruv tizimida ko‘llay olishni, ilg‘or davlatlar va o‘z tajribamizdan ham o‘rganishga tayyorlikni talab qiladi.

22-01-2025
Maqola
Adxam Bekmurodov (Muallif)
4-14 25 12
O‘zbekistonda mahalliy kengashlar faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar markazida mahalliy boshqaruvni takomillashtirish ma-salasi turibdi. Shu sababli mazkur maqolada mahalliy vakillik organlari faoliyatini tako-millashtirishning bugungi kundagi ustuvor yo‘nalishlari, shu sohada ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar fikri, xulosa va takliflarini o‘rganib chiqqan holda tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada, mahalliy vakillik organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha muallif-ning xulosa va takliflari ham urin olgan.

22-01-2025
Maqola
Baxtiyor Shodmonov (Muallif)
33-41 43 27
Aholini ijtimoiy himoya qilish siyosatining nazariy va huquqiy asoslari retrospektiv tahlili

Maqolada aholini ijtimoiy himoya qilish siyosatining nazariy asoslari, kategoriya va taʼriflari, huquqiy tizimi hamda Oʻzbekistonda ijtimoiy himoya tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari retrospektiv tahlil qilingan. Tadqiqotda xalqaro taʼriflar, milliy qonunchilik, 1930–2023-yillarda qabul qilingan asosiy normativ hujjatlar va statistik maʼlumotlar oʻrganilib, takomillashtirish jarayonlarining ustuvor, zaif va hal etilishi lozim boʻlgan yoʻnalishlari aniqlangan.

21-02-2026
Maqola
Mavludaxon XODJAYEVA (Muallif)
11-24 35 19
Mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarni takomillashtirish samaradorlikning muhim omili sifatida

 Mazkur maqolada mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadigan huj-jatlarning qiyosiy-siyosiy hamda huquqiy tah-lilini olib borish orqali ushbu hujjatlarning o‘ziga xos jihatlari hamda muhim bo‘lgan xususi-yatlari to‘g‘risida so‘z yuritilib, mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadigan normativ tusdagi x,amda individual tusdagi qarorlar va farmoyishlar yuzasidan milliy qonunchilikka takliflar hamda ularning asoslari atroflicha muhokama qilinadi.

22-01-2025
Maqola
Sanjarbek Abduraxmanov (Muallif)
25-32 38 14
Rahbar ayollar boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari

Maqolada rahbar ayollarning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida rahbar ayollarning tashkilot samarali boshqarish, strategik qarorlar qabul qilish, muloqot olib borish va muammolarni hal etish kabi asosiy boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirishda ijtimoiy omillar, xususan, oilaviy majburiyatlar, mehnat muhiti, milliy mentalitet hamda jamiyatda mavjud gender stereotiplar oʻrganilgan. Tahlil natijalari boshqaruv salohiyatini rivojlantirishda individual va institutsional yondashuvlarni uygʻunlashtirish zarurligini koʻrsatadi. Shuningdek, maqolada gender tengligini taʼminlashga qaratilgan maqsadli siyosat yuritish, ijtimoiy stereotiplarni bartaraf etish hamda rahbar ayollarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan maxsus dasturlar, treninglar va kouching mexanizmlari orqali ularning zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

23-02-2026
Maqola
Javohira XAYDAROVA (Muallif)
85-96 12 11
“Think tank” yoki “aql markazlari”: davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rni

Siyosiy jarayonlarning shiddat bilan o‘zgarib borishi, axborot hajmi va oqimining ortishi, geosiyosiy jihatdan yangi xavf va tahdidlarning paydo bo‘lishi muayyan siyosiy qarorlar qabul qilishni murakkablashtirmoqda. Ushbu holatlarda davlat boshqaruvida ixtisoslashgan va mustaqil axborot-tahlil institutlari sifatida faoliyat yurituvchi “aql markazlari” bilan yaqindan hamkorlik qilish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu ilmiy maqolada aql markazlarining faoliyati, turlari va ishlash tamoyillari tadqiqotga tortilib, O‘zbekiston sharoitida aql markazlari va tahliliy uyushmalarni rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratilgan.

22-04-2026
Maqola
Sanjar Saidov (Muallif)
42-49 18 30
Taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimidagi kadrlarning professional tayyorgarlik darajasi

Maqolada sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi kadrlar dinamikasi, sogʻliqni saqlash sohasidagi kadrlarning ixtisoslik boʻyicha taqsimoti tahlilga oshirilgan. Kelajakda taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasidagi kadrlar potensialini yanada rivojlantirish uchun kompleks yondashuvni amalga oshirish zarurligi asoslab berilgan.

23-02-2026
Maqola
Furqat XODJAYEV (Muallif)
77-84 8 5
Rahbar ayollarning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishdagi to‘siqlarni bartaraf etish

Mazkur maqolada rahbar ayollarning boshkdruv kompetensiyalarini rivojlantirishdagi to‘siqlar tizimli tahlil  qilinib, ayollarning shaxsiy rivojlanishiga to‘sik, bo‘luvchi omillar yoritilgan. Shuningdek, rahbar ayollarning karyera va biznesdagi motivatorlari tasniflangan, ularning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishdagi  to‘sikdarni tizimli bartaraf etish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan

07-02-2025
Maqola
Javohira Xaydarova (Muallif)
60-67 44 17
Liberalizm klassiklari: Iyeremiya (Jeremi) Bentam

Ushbu maqola XVIII asr Angliya liberalizmining shakllanishida muhim rol oʻynagan, keyin K.Marksning yot fikr tufayli ijodiy yoʻlidan asrining 20-yillaridan to 90-yillarigacha sobiq SSSR hududida, shu jumladan, Oʻzbekistonda qariyb “unutilgan” ingliz faylasufi, huquqshunos, utilitarizm taʼlimotining asoschisi I.Bentam qarashlariga bagʻishlangan. Mutaxassislarning ilmiy tadqiqot ishlari nuqtayi nazaridan qisobga olingan holda ushbu maqolada uning iqtisodiyotga oid qarashlari tahlil etilgan.

22-02-2026
Maqola
Baxtiyar YAKUBOV (Muallif)
54-64 10 6
1 - 25 from 31 1 2 > >> 
inLibrary — это научная электронная библиотека Антикоррупционный дайджест Узбекистана in Conference научно-практические конференции Журнал Общество и инновации ООО «UMAR PROEKT» - Комплексное проектирование ООО «UMAR PROEKT» - Комплексное проектирование
Jamiyat va boshqaruv

Jurnal Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2013 yil 10 aprelda 0201-son bilan roʻyxatga olingan.

NAVIGATSIYA:

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Mualliflar uchun
Kontaktlar

MUALLIFLAR UCHUN:

Maqolalarni loyihalash
Materiallarni yuborish
Shaxsiy kabinet
FAQ

KONTAKTLAR:

100066, Toshkent shahri,
Islom Karimov ko‘chasi, 45
tel: (+998)71 232 60 51
e-mail: info@journal.dsba.uz
© 2026 "Jamiyat va boshqaruv" | Developed by in Science | Site create by in Designer