Maqolalar soni: 6
null

Fan-ta’lim

“Mahalla yettiligi” vakillari kasbiy kompetensiyalarini masofaviy taʼlim shaklida oshirishning dolzarb masalalarii

Mazkur maqolada "mahalla yettiligi" vakillarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan taʼlim dasturlarini onlayn tarzda amalga oshirishning o‘ziga xos jihatlari, mahalla xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalari tahlil qilingan

Qahramon Uzakov (Muallif)
53-59 17 10
Taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimidagi kadrlarning professional tayyorgarlik darajasi

maqolada sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi kadrlar dinamikasi, sogʻliqni saqlash sohasidagi kadrlarning ixtisoslik boʻyicha taqsimoti tahlilga oshirilgan. Kelajakda taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasidagi kadrlar potensialini yanada rivojlantirish uchun kompleks yondashuvni amalga oshirish zarurligi asoslab berilgan.

Furqat XODJAYEV (Muallif)
77-84 2 1
Rahbar ayollarning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishdagi to‘siqlarni bartaraf etish

Mazkur maqolada rahbar ayollarning boshkdruv kompetensiyalarini rivojlantirishdagi to‘siqlar tizimli tahlil  qilinib, ayollarning shaxsiy rivojlanishiga to‘sik, bo‘luvchi omillar yoritilgan. Shuningdek, rahbar ayollarning karyera va biznesdagi motivatorlari tasniflangan, ularning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishdagi  to‘sikdarni tizimli bartaraf etish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan

Javohira Xaydarova (Muallif)
60-67 33 10
Rahbar ayollar boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari

maqolada rahbar ayollarning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida rahbar ayollarning tashkilot samarali boshqarish, strategik qarorlar qabul qilish, muloqot olib borish va muammolarni hal etish kabi asosiy boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirishda ijtimoiy omillar, xususan, oilaviy majburiyatlar, mehnat muhiti, milliy mentalitet hamda jamiyatda mavjud gender stereotiplar oʻrganilgan. Tahlil natijalari boshqaruv salohiyatini rivojlantirishda individual va institutsional yondashuvlarni uygʻunlashtirish zarurligini koʻrsatadi. Shuningdek, maqolada gender tengligini taʼminlashga qaratilgan maqsadli siyosat yuritish, ijtimoiy stereotiplarni bartaraf etish hamda rahbar ayollarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan maxsus dasturlar, treninglar va kouching mexanizmlari orqali ularning zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Javohira XAYDAROVA (Muallif)
85-96 0 0
Davlat fuqarolik xizmatchilari salohiyatini oshirish dasturlariga qilingan investitsiyalar samaradorligi tahlili

Mazkur maqola davlat fuqarolik xizmatchilari salohiyatini muntazam ravishda oshirishning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) bajarish qobiliyatiga taʼsiri tahliliga bag‘ishlangan. Maqolada davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish masalalariga alohida urg‘u berilgan. Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarini o‘qitish bilan bog‘lik, xarajatlar  va KPI bajarilishining dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilingan. Bunda, alohida eʼtibor Davlat boshqaruvi akademiyasining o‘quv dasturlari samaradorligini aniqlashga qaratilgan.

Sarvar Saidov (Muallif)
42-52 34 14
Davlat boshqaruvi tizimida inson resurslarini oʻrganish nazariyasi: gʻarb va markaziy osiyo ilmiy yondashuvlari tahlili

mazkur maqolada davlat boshqaruvi sohasida Gʻarb davlatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi inson resurslarini rivojlantirish masalasini oʻrganish boʻyicha nazariy yondashuvlar keng qamrovli tahlil qilingan. Gʻarb olimlarining, tadqiqotchilarining iqtisodiy modellari, institutsional yondashuvlari va markaziy osiyolik olimlar hamda mutaxassislarning strategik qarashlari maqolada oʻzaro qiyosiy tahlil etilgan.

Utkir ABDUKARIMOV (Muallif)
40-53 4 4