Maqola mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni tadqiq etishni maqsad qilgan. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan qoidalar ahamiyati, Konstitutsiya normalarini amalga oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining mazmun-mohiyati taqlil qilinib, tadqiqot natijasida, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish borasida taklif va tav-siyalar ishlab chiqilgan..
Мaqolada qonuniylik va adolat prinsiplarining ahamiyati, konstitutsiyaviy asoslari, adolatning amalga oshishida qonuniylikning oʻrni koʻrsatilgan. Shuningdek, Konstitutsiyaning birinchi moddasida davlatning huquqiy, ijtimoiy deb belgilanishi va shuning hujjatlarda davlatlarda qonuniylik va adolat prinsiplarining amalga oshishiga taʼsir qiluvchi omillar, Konstitutsiyadagi qonuniylik, adolat, barqarorlik xususida fikr yuritilgan.
Maqolada prezidentning konstitutsiya matnida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilmagan, ammo amaliyotda keng qo‘llaniladigan yashirin vakolatlarining ilmiy-nazariy jihatlari tahlil etilgan, ushbu siyosiy-huquqiy institutning xorijiy adabiyotlardagi muqobil atamalari qiyosiy o‘rganilgan va o‘zaro taqqoslangan, Amerika, Yevropa va MDH olimlari bilan ilmiy bahs-munozaraga kirishilgan holda mualliflik xulosalari ishlab chiqilgan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat rahbarining bu turkumdagi vakolatlari xorijiy mamlakatlarning qonunchiligi va amaliyoti bilan qiyosiy-huquqiy tahlil asosida ochib berilgan.