Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotidagi tarkibiy transformatsiya jarayonlari tahlil qilingan. Iqtisodiy o‘sish dinamikasi, tarmoqlar tarkibidagi o‘zgarishlar hamda iqtisodiy o‘sishning yangi drayverlari baholangan. Shuningdek, texnologik rivojlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari intensivligi asosida tarkibiy o‘zgarishlarning miqdoriy bahosi keltirilgan. Tahlil natijalari so‘nggi yillarda ijobiy siljishlar mavjudligini, biroq yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirish zarurati saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi. Maqolada iqtisodiy siyosatni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.
Maqolada davlat boshqaruvida elektron va raqamli hukumat doirasida yagona raqamli platformani joriy etish, O‘zbekistonda elektron hukumatning rivojlanish tendensiyasi, «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi yo‘nalishlari, idoralararo integratsiyani kuchaytirish va ma’lumotlarga asoslangan aqlli boshqaruv mexanizmlarini joriy etish masalalari yoritilgan. Sotsiologik yondashuv asosida raqamli va elektron hukumatning ijtimoiy tabiati, institutsional xususiyatlari hamda davlat boshqaruvi doirasida shakllanadigan munosabatlar tizimi ilmiy jihatdan tahlil etilgan.
Maqolada Qirg‘izistonda davlat-xususiy sheriklik (DXSh)ni rivojlantirishning o‘n yildan ortiq tajribasi tahlil qilinadi. Unda eskirgan konsessiya modellardan zamonaviy, moslashuvchan hamkorlik mexanizmlariga o‘tish jarayoni ko‘rib chiqiladi. Siyosiy tavakkalchiliklar va tavakkalchiliklarni baholash metodikasining yo‘qligi kabi asosiy to‘siqlar aniqlangan, shuningdek raqamlashtirish va dasturlarni tarmoqlar bo‘yicha ajratish orqali qonunchilikni takomillashtirish yo‘llari taklif etilgan.
Maqolada raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining parlament faoliyatiga integratsiyasi masalasi tadqiq etilib, Parlamentlararo ittifoq (PAI), Yevropa va AQSh parlamentlari xorijiy tajribasi hamda O‘zbekiston parlamentining raqamlashtirish islohotlari tahlil qilingan. Maqolada SIning qonun ijodkorligi, analitik jarayonlar va jamoatchilik bilan muloqotni takomillashtirishdagi roli ochib berilib, shu bilan birga, ma’lumotlar xavfsizligi, algoritmik bias va etik xatarlar masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot asosida O‘zbekiston parlamenti uchun inson nazoratidagi (human-in-the-loop) bosqichma-bosqich integratsiya, “laboratoriya muhiti”da sinovdan o‘tkazish va etik me’yorlar asosida SI texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha siyosiy-huquqiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Maqolada 1991-2000 yillarda O‘zbekistonda jamiyatning ijtimoiy stratifikatsiyasi va uning demografik tarkibidagi o‘zgarishlar, mamlakat aholisi soniningdinamikasi retrospektiv usullar bilan tahlil etilgan. Shuningdek, mamlakat aholisining deyarli 60 foizi band bo‘lgan qishloq xo‘jaligidagi islohot-lar natijasida jamiyatning tabaqalashuvidagi transformatsion va evolyutsion uzgarishlar ochib beriladi. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi no-rentabel yirik sanoat ishlab chiqaruvchi zavodlar o‘rniga tashkil qilingan sanoat zonalari va texnoparklarni tashkil qilish orqali yangi ish o‘rinlari yuzaga kelishining jamiyat sotsial tarkibiga taʼsiri statistik va kontent tahlil qilish orqali asoslab berilgan.