mazkur maqolada Toshkent viloyati fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning 2010–2023-yillardagi iqtisodiy-statistik koʻrsatkichlari tahlil etilgan, berilgan statistik maʼlumotlardan foydalanib, ESYUS dasturi yordamida 2024–2020-yillar oraligʻida oʻrta muddatli prognoz qilingan. Shuningdek, fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishda asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi, band boʻlganlar soni, qishloq xoʻjaligi ekin maydoni kabi taʼsir etuvchi omillar oʻrganilgan va mazkur omillarning eng optimal foydalanish zarurligi va qay birlarini oshirish mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshishiga olib kelishi ilmiy asosda berilgan tahlil qilingan.
maqolada aholini ijtimoiy himoya qilish siyosatining nazariy asoslari, kategoriya va taʼriflari, huquqiy tizimi hamda Oʻzbekistonda ijtimoiy himoya tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari retrospektiv tahlil qilingan. Tadqiqotda xalqaro taʼriflar, milliy qonunchilik, 1930–2023-yillarda qabul qilingan asosiy normativ hujjatlar va statistik maʼlumotlar oʻrganilib, takomillashtirish jarayonlarining ustuvor, zaif va hal etilishi lozim boʻlgan yoʻnalishlari aniqlangan.
Maqolada 1991-2000 yillarda O‘zbekistonda jamiyatning ijtimoiy stratifikatsiyasi va uning demografik tarkibidagi o‘zgarishlar, mamlakat aholisi soniningdinamikasi retrospektiv usullar bilan tahlil etilgan. Shuningdek, mamlakat aholisining deyarli 60 foizi band bo‘lgan qishloq xo‘jaligidagi islohot-lar natijasida jamiyatning tabaqalashuvidagi transformatsion va evolyutsion uzgarishlar ochib beriladi. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi no-rentabel yirik sanoat ishlab chiqaruvchi zavodlar o‘rniga tashkil qilingan sanoat zonalari va texnoparklarni tashkil qilish orqali yangi ish o‘rinlari yuzaga kelishining jamiyat sotsial tarkibiga taʼsiri statistik va kontent tahlil qilish orqali asoslab berilgan.