Maqolada O‘zbekiston davlat boshqaruvidа ilm-fanni rivojlantirish istiqbollari bayon etilgan. Unda ushbu sohaning ahamiyati baholanib, davlat boshqaruvida innovatsiyalar va ilmiy ishlanmalarning ahamiyati asoslab berilgan. Fuqarolarning davlat boshqaruvida ilm-fanni rivojlantirishdagi ishtiroki alohida ta’kidlangan. O‘zbekistonda ilm-fanni davlat boshqaruviga integratsiya qilish bo‘yicha takliflar ham ishlab chiqilgan.
Iqlim inqirozi, beqarorlik va qutblanish davrida dunyo jamo-atchiligi manfaatlarini himoya qilish uchun dunyo ahli masʼuliyatli rahbarlar va mustaqil institutlarga har qachongidan ham ko‘proq muhtoj - shunga qaramay, ko‘pincha, ular yetishmayapti. maqolada o‘zbekistonda korrupsiyadan xoli muhit yaratish borasida keng ko‘lamli islohotlar strategiyasi yoritilgan.
Ushbu maqola XVIII asr Angliya liberalizmining shakllanishida muhim rol oʻynagan, keyin K.Marksning yot fikr tufayli ijodiy yoʻlidan asrining 20-yillaridan to 90-yillarigacha sobiq SSSR hududida, shu jumladan, Oʻzbekistonda qariyb “unutilgan” ingliz faylasufi, huquqshunos, utilitarizm taʼlimotining asoschisi I.Bentam qarashlariga bagʻishlangan. Mutaxassislarning ilmiy tadqiqot ishlari nuqtayi nazaridan qisobga olingan holda ushbu maqolada uning iqtisodiyotga oid qarashlari tahlil etilgan.
Maqolada raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining parlament faoliyatiga integratsiyasi masalasi tadqiq etilib, Parlamentlararo ittifoq (PAI), Yevropa va AQSh parlamentlari xorijiy tajribasi hamda O‘zbekiston parlamentining raqamlashtirish islohotlari tahlil qilingan. Maqolada SIning qonun ijodkorligi, analitik jarayonlar va jamoatchilik bilan muloqotni takomillashtirishdagi roli ochib berilib, shu bilan birga, ma’lumotlar xavfsizligi, algoritmik bias va etik xatarlar masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot asosida O‘zbekiston parlamenti uchun inson nazoratidagi (human-in-the-loop) bosqichma-bosqich integratsiya, “laboratoriya muhiti”da sinovdan o‘tkazish va etik me’yorlar asosida SI texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha siyosiy-huquqiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Maqolada mamlakatimizda davlat boshqaruvi organlari vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga, viloyatdan tuman (shahar) davlat hokimiyati organlariga o‘tkazishni nazarda tutgan holda, davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomar-kazlashtirish islohotlarining mazmun-mohiyati, maʼmuriy nomarkazlashtirish to‘g‘risidagi turli ilmiy yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, davlat boshqaruvini demokratlashti-rishda markaziy hamda mahalliy davlat bosh-qaruvi organlari vakolatlari taqsimlanishi zarurati va huquqiy asoslari ochib berilgan. Shuningdek, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlari vakolatlari chegaralari O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Ko‘shma Shtatlari tajribasi asosida tahlil etilib, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliya-tini samarali tashkil etishga oid takliflar ishlab chiqilgan.
Maqola mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni tadqiq etishni maqsad qilgan. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan qoidalar ahamiyati, Konstitutsiya normalarini amalga oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining mazmun-mohiyati taqlil qilinib, tadqiqot natijasida, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish borasida taklif va tav-siyalar ishlab chiqilgan..