мазкур мақолада ҳудудлар иқтисодий хавфсизлигини бошқаришнинг илмий-назарий асослари, ҳудудий даражада иқтисодий хавфсизликни таъминлашнинг концептуал ва методологик жиҳатлари ўрганишга бағишланган. Унда “иқтисодий хавфсизлик” тушунчасининг ҳудудий ўлчовдаги моҳияти, асосий таҳдид ва хавф-хатарларнинг таснифи, уларни идентификация қилиш, баҳолаш ва бошқариш механизмлари илмий-назарий нуқтаи назардан таҳлил этилган. Шунингдек, хавфсизлик индикаторлари тизими, мониторинг ва прогнозлаштириш усуллари, стратегик режалаштириш ва ҳудудий сиёсат шакллантиришнинг назарий асослари муҳокама қилинган. Ҳудудий иқтисодий хавфсизликни таъминлашда давлат бошқаруви ва институционал механизмларнинг ўрни ҳам очиб берилган.
Mazkur maqolada milliy xavfsizlikni taʼminlashda strategik rejalashtirishning o‘rni va ahamiyati, uning nazariy-metodologik asoslari, maqsad va vazifalari, anʼanaviy strategik rejalashtirishdan farqli jihatlari, xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va boshqarish mexanizmlari, shuningdek, o‘zgaruvchan xavfsizlik muhiti sharoitida strategik qarorlarni shakllantirish va amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari kompleks tarzda tadqiq etilgan.
Maqolada Qirg‘izistonda davlat-xususiy sheriklik (DXSh)ni rivojlantirish ning o‘n yildan ortiq tajribasi tahlil qilinadi. Unda eskirgan konsessiya modellaridan zamonaviy, moslashuvchan hamkorlik mexanizmlariga o‘tish jarayoni ko‘rib chiqiladi. Siyosiy tavakkalchiliklar va tavakkalchiliklarni baholash metodikasining yo‘qligi kabi asosiy to‘siqlar aniqlangan, shuningdek raqamlashtirish va dasturlarni tarmoqlar bo‘yicha ajratish orqali qonunchilikni takomillashtirish yo‘llari taklif etilgan.
Ushbu maqolada O‘zbekiston davlat qarzining barqarorligi nafaqat hajmi, balki tarkibi – xususan, valyuta tarkibi – nuqtayi nazaridan baholanadi. Qarz/YaIM nisbati nisbatan past (31,9 foiz) bo'lishiga qaramay, davlat qarzining 87,8 foizi chet el valyutasida shakllangani mamlakat uchun jiddiy tarkibiy zaiflikni yuzaga keltiradi; iqtisodiy adabiyotda bu holat «asl gunoh» (original sin) hodisasi sifatida talqin qilinadi. Tadqiqotda klassik Domar qarz dinamikasi modeli ichki va tashqi qarz bo'yicha alohida foiz stavkalari hamda valyuta qayta baholash kanali bilan kengaytirilib, bazaviy, optimistik va keskinlashgan ssenariylar, 20 000 ta ssenariyli Monte-Karlo stoxastik prognozi hamda Ghosh va hammualliflari metodologiyasi asosida xavfsiz qarz chegarasi baholandi. Hisob-kitoblar Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank va byudjet qonunlarining 2019–2025-yillardagi rasmiy ma'lumotlariga asoslangan. Asosiy topilma: chet el valyutasidagi qarz ulushi 87,8 foiz bo‘lganda kuchli devalvatsiya xavfsiz qarz chegarasini 33,4 foizgacha – amaldagi darajaga deyarli tenglashtiradi, ulush 50 foizgacha pasaytirilsa, chegara 100 foizdan yuqoriga kengayadi. Demak, asosiy fiskal xatar qarz hajmida emas, uning valyuta tarkibida mujassam. Maqolada milliy valyutadagi qarz ulushini oshirish va ichki obligatsiyalar bozorini chuqurlashtirish bo'yicha miqdoriy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.