Ushbu ilmiy maqolada transmilliy uyushgan jinoyatchilik va korrupsion jinoyatlarga qarshi kurashishning nazariy hamda huquqiy muammolari sinchkovlik bilan tahlil qilingan. Bundan tashqari, muallif “korrupsiya jinoyati” tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib olgan. Shuningdek, maqolada transmilliy jinoyatlarning belgilari va turlari, jumladan, inson savdosi, mintaqaviy korrupsiya va h.k. oʻrganilgan.
Mazkur ilmiy maqolada jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikning huquqiy asoslari tizimli tahlil qilingan. Muallif maqolada huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimida xalqaro hamkorlik masalalarining nazariy jihatlarini yoritishga harakat qilgan. Shu bilan birga, bugungi kunda dolzarb hisoblangan “xalqaro jinoiy guruh” va “xalqaro jinoiy jamiyat” tushunchalarining mazmun-mohiyati ham tahlil qilingan.
Muallifning xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi boʻyicha qiyosiy tahlili ushbu maqolaning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettirgan.
Maqolada korrupsiyaga oid jinoyatlarni aniqlash va ularni sodir etgan shaxslarni fosh etishning milliy me’yoriy-huquqiy hujjatlari hamda xalqaro hujjatlarning mazmun-mohiyati tahlil qilinib, ulardagi bo‘shliqlarni bartaraf etish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Maqola maʼmuriy ish yuri-tish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish masalalariga, sud nazorati muammolariga, sudgacha murojaat qilish masalalariga bagishlangan. Muallif maʼmuriy tartib-taomillarni isloh qilish va Qonunni amalga oshirishda, maʼmuriy sud-lov doirasida maʼmuriy shikoyat tizimini rivojlantirishda maʼmuriy adliyaning hal qiluvchi roli o‘z samarasini beri shi zarur-ligini qayd etadi.