maqolada aholini ijtimoiy himoya qilish siyosatining nazariy asoslari, kategoriya va taʼriflari, huquqiy tizimi hamda Oʻzbekistonda ijtimoiy himoya tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari retrospektiv tahlil qilingan. Tadqiqotda xalqaro taʼriflar, milliy qonunchilik, 1930–2023-yillarda qabul qilingan asosiy normativ hujjatlar va statistik maʼlumotlar oʻrganilib, takomillashtirish jarayonlarining ustuvor, zaif va hal etilishi lozim boʻlgan yoʻnalishlari aniqlangan.
maqolada rahbar ayollarning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida rahbar ayollarning tashkilot samarali boshqarish, strategik qarorlar qabul qilish, muloqot olib borish va muammolarni hal etish kabi asosiy boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirishda ijtimoiy omillar, xususan, oilaviy majburiyatlar, mehnat muhiti, milliy mentalitet hamda jamiyatda mavjud gender stereotiplar oʻrganilgan. Tahlil natijalari boshqaruv salohiyatini rivojlantirishda individual va institutsional yondashuvlarni uygʻunlashtirish zarurligini koʻrsatadi. Shuningdek, maqolada gender tengligini taʼminlashga qaratilgan maqsadli siyosat yuritish, ijtimoiy stereotiplarni bartaraf etish hamda rahbar ayollarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan maxsus dasturlar, treninglar va kouching mexanizmlari orqali ularning zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.