Mazkur maqolada davlat boshqaruvi sohasida Gʻarb davlatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi inson resurslarini rivojlantirish masalasini oʻrganish boʻyicha nazariy yondashuvlar keng qamrovli tahlil qilingan. Gʻarb olimlarining, tadqiqotchilarining iqtisodiy modellari, institutsional yondashuvlari va markaziy osiyolik olimlar hamda mutaxassislarning strategik qarashlari maqolada oʻzaro qiyosiy tahlil etilgan.
Ushbu maqolada Islom sivilizatsiyasi markazi madaniy merosni saqlash, milliy o‘zlikni shakllantirish va madaniy diplomatiyaning kesishmasida faoliyat yurituvchi ko‘p qirrali institut sifatida tadqiq etilgan. Maqolada Markazning tarixiy xotirani qayta tiklash, O‘zbekistonning sivilizatsiya merosini targ‘ib qilish hamda mamlakatning xalqaro munosabatlardagi “yumshoq kuchi”ni mustahkamlashdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qayd etilgan madaniy markaz nafaqat muzey yoki akademik muassasa, balki O‘zbekistonning ichki milliy o‘zligini va xalqaro imijini belgilashga xizmat qiluvchi mamlakatning strategik vositasi sifatida faoliyat yuritadi. Markaz O‘zbekistonning Islom intellektual merosining zamonaviy vorisi sifatida namoyon etishi va mintaqaviy madaniy diplomatiyada yеtakchi kuch sifatida shakllanishi uchun muhim mexanizmdir.
Ushbu maqolada postsovet makonida, xususan, Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya jarayonlarining institutsionallashuvi Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YevrAzES) misolida tadqiq etiladi. Tashkilotning 1995- yildagi Bojxona ittifoqidan boshlab, 2000-yilgi Ostona shartnomasigacha bo‘lgan tarixiy evolyutsiyasi va huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Maqolada YevrAzESning boshqaruv tizimi, uning Yevropa Ittifoqi va ASEAN modellari bilan o‘ziga xos farqlari va o‘xshashliklari qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek, tashkilotning transport, energetika va mehnat migratsiyasi sohalaridagi ahamiyati hamda O‘zbekistonning ushbu integratsion tuzilmadagi ishtiroki va istiqbollari yoritilgan. YevrAzESning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) transformatsiyalashuvi integratsiyaning yangi bosqichi sifatida baholanadi.