Ushbu maqolada O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi tahlil qilinib, uni zamonaviy iqtisodiy sharoitda takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari asoslab berilgan. Аyniqsa, 2016-2025-yillarda sohada yuz bergan tarkibiy o‘zgarishlar, ishlab chiqarish dinamikasi, investitsiyaviy faollik, shuningdek, boshqaruv va qo‘llab-quvvatlash vositalarining samaradorligiga alohida eʼtibor qaratilgan. Shu bilan birga, to‘qimachilik sanoatining 2028-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli rivojlanish istiqbollarini prognozlash uchun ARIMA (0,2,1) modeli qo‘llanilgan. Olingan natijalar to‘qimachilik sanoatining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi samaradorligini oshirish, raqobatbardoshligini kuchaytirish va barqaror rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.