Ushbu maqolada postsovet makonida, xususan, Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya jarayonlarining institutsionallashuvi Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YevrAzES) misolida tadqiq etiladi. Tashkilotning 1995- yildagi Bojxona ittifoqidan boshlab, 2000-yilgi Ostona shartnomasigacha bo‘lgan tarixiy evolyutsiyasi va huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Maqolada YevrAzESning boshqaruv tizimi, uning Yevropa Ittifoqi va ASEAN modellari bilan o‘ziga xos farqlari va o‘xshashliklari qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek, tashkilotning transport, energetika va mehnat migratsiyasi sohalaridagi ahamiyati hamda O‘zbekistonning ushbu integratsion tuzilmadagi ishtiroki va istiqbollari yoritilgan. YevrAzESning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) transformatsiyalashuvi integratsiyaning yangi bosqichi sifatida baholanadi.
Maqolada Qirg‘izistonda davlat-xususiy sheriklik (DXSh)ni rivojlantirishning o‘n yildan ortiq tajribasi tahlil qilinadi. Unda eskirgan konsessiya modellardan zamonaviy, moslashuvchan hamkorlik mexanizmlariga o‘tish jarayoni ko‘rib chiqiladi. Siyosiy tavakkalchiliklar va tavakkalchiliklarni baholash metodikasining yo‘qligi kabi asosiy to‘siqlar aniqlangan, shuningdek raqamlashtirish va dasturlarni tarmoqlar bo‘yicha ajratish orqali qonunchilikni takomillashtirish yo‘llari taklif etilgan.
Maqolada 1991-2000 yillarda O‘zbekistonda jamiyatning ijtimoiy stratifikatsiyasi va uning demografik tarkibidagi o‘zgarishlar, mamlakat aholisi soniningdinamikasi retrospektiv usullar bilan tahlil etilgan. Shuningdek, mamlakat aholisining deyarli 60 foizi band bo‘lgan qishloq xo‘jaligidagi islohot-lar natijasida jamiyatning tabaqalashuvidagi transformatsion va evolyutsion uzgarishlar ochib beriladi. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi no-rentabel yirik sanoat ishlab chiqaruvchi zavodlar o‘rniga tashkil qilingan sanoat zonalari va texnoparklarni tashkil qilish orqali yangi ish o‘rinlari yuzaga kelishining jamiyat sotsial tarkibiga taʼsiri statistik va kontent tahlil qilish orqali asoslab berilgan.