Mazkur maqolada Toshkent viloyati fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning 2010–2023-yillardagi iqtisodiy-statistik koʻrsatkichlari tahlil etilgan, berilgan statistik maʼlumotlardan foydalanib, ESYUS dasturi yordamida 2024–2020-yillar oraligʻida oʻrta muddatli prognoz qilingan. Shuningdek, fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishda asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi, band boʻlganlar soni, qishloq xoʻjaligi ekin maydoni kabi taʼsir etuvchi omillar oʻrganilgan va mazkur omillarning eng optimal foydalanish zarurligi va qay birlarini oshirish mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshishiga olib kelishi ilmiy asosda berilgan tahlil qilingan.
Maqolada O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatining rivojlanishi uning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi hamda zamonaviy sharoitlarda uni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari aniqlanadi. Tahlil 2016–2025-yillar oralig‘idagi tarmoq dinamikasini qamrab olib, ishlab chiqarish tendensiyalari, tarkibiy o‘zgarishlar hamda sanoat rivojlanishidagi o‘rni yoritiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda tarmoq o‘sishi asosan narx omillari hisobiga emas, balki ishlab chiqarish hajmining real kengayishi hisobiga ta’minlangan. ARIMA (0,2,1) modeli esa 2028-yilgacha ijobiy dinamikaning saqlanib qolishini ko‘rsatadi. Shu asosda maqolada chuqur qayta ishlashni rivojlantirish, modernizatsiya, eksport raqobatbardoshligini oshirish va tarmoq ichidagi muvofiqlashtirishni kuchaytirish bo‘yicha amaliy yo‘nalishlar asoslab berilgan.