Siyosiy jarayonlarning shiddat bilan o‘zgarib borishi, axborot hajmi va oqimining ortishi, geosiyosiy jihatdan yangi xavf va tahdidlarning paydo bo‘lishi muayyan siyosiy qarorlar qabul qilishni murakkablashtirmoqda. Ushbu holatlarda davlat boshqaruvida ixtisoslashgan va mustaqil axborot-tahlil institutlari sifatida faoliyat yurituvchi “aql markazlari” bilan yaqindan hamkorlik qilish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu ilmiy maqolada aql markazlarining faoliyati, turlari va ishlash tamoyillari tadqiqotga tortilib, O‘zbekiston sharoitida aql markazlari va tahliliy uyushmalarni rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratilgan.
Ushbu maqolada ijtimoiy ishonchni shakllantirish va mustahkamlashda institutsional madaniyatning oʻrni sotsiologik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Institut, institutsional tashkilotlar faoliyati shaffoflik, masʼuliyat va axloqiy meʼyorlarga asoslanishi ijtimoiy ishonchni taʼminlovchi asosiy omil sifatida qaraladi. Tadqiqotda institutlar bilan fuqarolar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda ishonch darajasiga taʼsir etuvchi ijtimoiy omillar ochib berilgan. Natijalar ijtimoiy barqarorlik va institutsional samaradorlikni oshirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.