Ushbu ilmiy maqolada transmilliy uyushgan jinoyatchilik va korrupsion jinoyatlarga qarshi kurashishning nazariy hamda huquqiy muammolari sinchkovlik bilan tahlil qilingan. Bundan tashqari, muallif “korrupsiya jinoyati” tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib olgan. Shuningdek, maqolada transmilliy jinoyatlarning belgilari va turlari, jumladan, inson savdosi, mintaqaviy korrupsiya va h.k. oʻrganilgan.
Mazkur ilmiy maqolada jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikning huquqiy asoslari tizimli tahlil qilingan. Muallif maqolada huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimida xalqaro hamkorlik masalalarining nazariy jihatlarini yoritishga harakat qilgan. Shu bilan birga, bugungi kunda dolzarb hisoblangan “xalqaro jinoiy guruh” va “xalqaro jinoiy jamiyat” tushunchalarining mazmun-mohiyati ham tahlil qilingan.
Muallifning xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi boʻyicha qiyosiy tahlili ushbu maqolaning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettirgan.
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari davlat siyosatida muhim o'rin egallab, bu borada ko‘plab huquqiy va institutsional islohotlar amalga oshirildi. Maqolada byudjet jarayonlarida korrupsiyaning oldini olish taraqqiyot va farovonlik garovi ekanligi tahlillar asosida keng yoritilgan.
Iqlim inqirozi, beqarorlik va qutblanish davrida dunyo jamo-atchiligi manfaatlarini himoya qilish uchun dunyo ahli masʼuliyatli rahbarlar va mustaqil institutlarga har qachongidan ham ko‘proq muhtoj - shunga qaramay, ko‘pincha, ular yetishmayapti. maqolada o‘zbekistonda korrupsiyadan xoli muhit yaratish borasida keng ko‘lamli islohotlar strategiyasi yoritilgan.