Maqolada O‘zbekiston davlat boshqaruvidа ilm-fanni rivojlantirish istiqbollari bayon etilgan. Unda ushbu sohaning ahamiyati baholanib, davlat boshqaruvida innovatsiyalar va ilmiy ishlanmalarning ahamiyati asoslab berilgan. Fuqarolarning davlat boshqaruvida ilm-fanni rivojlantirishdagi ishtiroki alohida ta’kidlangan. O‘zbekistonda ilm-fanni davlat boshqaruviga integratsiya qilish bo‘yicha takliflar ham ishlab chiqilgan.
Maqolada davlat boshqaruvida elektron va raqamli hukumat doirasida yagona raqamli platformani joriy etish, O‘zbekistonda elektron hukumatning rivojlanish tendensiyasi, «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi yo‘nalishlari, idoralararo integratsiyani kuchaytirish va ma’lumotlarga asoslangan aqlli boshqaruv mexanizmlarini joriy etish masalalari yoritilgan. Sotsiologik yondashuv asosida raqamli va elektron hukumatning ijtimoiy tabiati, institutsional xususiyatlari hamda davlat boshqaruvi doirasida shakllanadigan munosabatlar tizimi ilmiy jihatdan tahlil etilgan.
Siyosiy jarayonlarning shiddat bilan o‘zgarib borishi, axborot hajmi va oqimining ortishi, geosiyosiy jihatdan yangi xavf va tahdidlarning paydo bo‘lishi muayyan siyosiy qarorlar qabul qilishni murakkablashtirmoqda. Ushbu holatlarda davlat boshqaruvida ixtisoslashgan va mustaqil axborot-tahlil institutlari sifatida faoliyat yurituvchi “aql markazlari” bilan yaqindan hamkorlik qilish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu ilmiy maqolada aql markazlarining faoliyati, turlari va ishlash tamoyillari tadqiqotga tortilib, O‘zbekiston sharoitida aql markazlari va tahliliy uyushmalarni rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratilgan.
Mazkur maqolada davlat boshqaruvi sohasida Gʻarb davlatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi inson resurslarini rivojlantirish masalasini oʻrganish boʻyicha nazariy yondashuvlar keng qamrovli tahlil qilingan. Gʻarb olimlarining, tadqiqotchilarining iqtisodiy modellari, institutsional yondashuvlari va markaziy osiyolik olimlar hamda mutaxassislarning strategik qarashlari maqolada oʻzaro qiyosiy tahlil etilgan.
Mazkur maqolada rahbar ayollarning boshkdruv kompetensiyalarini rivojlantirishdagi to‘siqlar tizimli tahlil qilinib, ayollarning shaxsiy rivojlanishiga to‘sik, bo‘luvchi omillar yoritilgan. Shuningdek, rahbar ayollarning karyera va biznesdagi motivatorlari tasniflangan, ularning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishdagi to‘sikdarni tizimli bartaraf etish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan