Мазкур мақолада ҳудудлар иқтисодий хавфсизлигини бошқаришнинг илмий-назарий асослари, ҳудудий даражада иқтисодий хавфсизликни таъминлашнинг концептуал ва методологик жиҳатлари ўрганишга бағишланган. Унда “иқтисодий хавфсизлик” тушунчасининг ҳудудий ўлчовдаги моҳияти, асосий таҳдид ва хавф-хатарларнинг таснифи, уларни идентификация қилиш, баҳолаш ва бошқариш механизмлари илмий-назарий нуқтаи назардан таҳлил этилган. Шунингдек, хавфсизлик индикаторлари тизими, мониторинг ва прогнозлаштириш усуллари, стратегик режалаштириш ва ҳудудий сиёсат шакллантиришнинг назарий асослари муҳокама қилинган. Ҳудудий иқтисодий хавфсизликни таъминлашда давлат бошқаруви ва институционал механизмларнинг ўрни ҳам очиб берилган.
Ushbu maqolada postsovet makonida, xususan, Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya jarayonlarining institutsionallashuvi Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YevrAzES) misolida tadqiq etiladi. Tashkilotning 1995- yildagi Bojxona ittifoqidan boshlab, 2000-yilgi Ostona shartnomasigacha bo‘lgan tarixiy evolyutsiyasi va huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Maqolada YevrAzESning boshqaruv tizimi, uning Yevropa Ittifoqi va ASEAN modellari bilan o‘ziga xos farqlari va o‘xshashliklari qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek, tashkilotning transport, energetika va mehnat migratsiyasi sohalaridagi ahamiyati hamda O‘zbekistonning ushbu integratsion tuzilmadagi ishtiroki va istiqbollari yoritilgan. YevrAzESning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) transformatsiyalashuvi integratsiyaning yangi bosqichi sifatida baholanadi.
Ommaviy tartibsizliklarning ijtimoiy-siyosiy mohiyati kompleks tarzda tahlil qilinadi. ommaviy tartibsizliklarning yuzaga kelish sabablari, ularning jamiyat barqarorligiga ta’siri hamda ijtimoiy - siyosiy jarayonlar bilan o‘zaro bog‘liqligini ochib beradi. Iqtisodiy tengsizlik, ijtimoiy adolatsizlik, siyosiy ishonchsizlik va axborot manipulyatsiyasi kabi omillar ommaviy norozilik harakatlarining asosiy manbalari sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tartibsizliklarning rivojlanish bosqichlari, ularning xavfsizlik va huquqiy tizimga tahdidi, davlat va jamiyat institutlarining bu jarayonlarga munosabati tahlil etiladi. Tadqiqot natijasida ommaviy tartibsizliklarning oldini olish, ularni boshqarish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.