mazkur maqolada davlat boshqaruvi sohasida Gʻarb davlatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi inson resurslarini rivojlantirish masalasini oʻrganish boʻyicha nazariy yondashuvlar keng qamrovli tahlil qilingan. Gʻarb olimlarining, tadqiqotchilarining iqtisodiy modellari, institutsional yondashuvlari va markaziy osiyolik olimlar hamda mutaxassislarning strategik qarashlari maqolada oʻzaro qiyosiy tahlil etilgan.
ushbu ilmiy maqolada transmilliy uyushgan jinoyatchilik va korrupsion jinoyatlarga qarshi kurashishning nazariy hamda huquqiy muammolari sinchkovlik bilan tahlil qilingan. Bundan tashqari, muallif “korrupsiya jinoyati” tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib olgan. Shuningdek, maqolada transmilliy jinoyatlarning belgilari va turlari, jumladan, inson savdosi, mintaqaviy korrupsiya va h.k. oʻrganilgan.
Mazkur ilmiy maqolada jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikning huquqiy asoslari tizimli tahlil qilingan. Muallif maqolada huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimida xalqaro hamkorlik masalalarining nazariy jihatlarini yoritishga harakat qilgan. Shu bilan birga, bugungi kunda dolzarb hisoblangan “xalqaro jinoiy guruh” va “xalqaro jinoiy jamiyat” tushunchalarining mazmun-mohiyati ham tahlil qilingan.
Muallifning xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi boʻyicha qiyosiy tahlili ushbu maqolaning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettirgan.
maqolada aholini ijtimoiy himoya qilish siyosatining nazariy asoslari, kategoriya va taʼriflari, huquqiy tizimi hamda Oʻzbekistonda ijtimoiy himoya tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari retrospektiv tahlil qilingan. Tadqiqotda xalqaro taʼriflar, milliy qonunchilik, 1930–2023-yillarda qabul qilingan asosiy normativ hujjatlar va statistik maʼlumotlar oʻrganilib, takomillashtirish jarayonlarining ustuvor, zaif va hal etilishi lozim boʻlgan yoʻnalishlari aniqlangan.
Maqolada 1991-2000 yillarda O‘zbekistonda jamiyatning ijtimoiy stratifikatsiyasi va uning demografik tarkibidagi o‘zgarishlar, mamlakat aholisi soniningdinamikasi retrospektiv usullar bilan tahlil etilgan. Shuningdek, mamlakat aholisining deyarli 60 foizi band bo‘lgan qishloq xo‘jaligidagi islohot-lar natijasida jamiyatning tabaqalashuvidagi transformatsion va evolyutsion uzgarishlar ochib beriladi. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi no-rentabel yirik sanoat ishlab chiqaruvchi zavodlar o‘rniga tashkil qilingan sanoat zonalari va texnoparklarni tashkil qilish orqali yangi ish o‘rinlari yuzaga kelishining jamiyat sotsial tarkibiga taʼsiri statistik va kontent tahlil qilish orqali asoslab berilgan.
mazkur maqolada Toshkent viloyati fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning 2010–2023-yillardagi iqtisodiy-statistik koʻrsatkichlari tahlil etilgan, berilgan statistik maʼlumotlardan foydalanib, ESYUS dasturi yordamida 2024–2020-yillar oraligʻida oʻrta muddatli prognoz qilingan. Shuningdek, fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishda asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi, band boʻlganlar soni, qishloq xoʻjaligi ekin maydoni kabi taʼsir etuvchi omillar oʻrganilgan va mazkur omillarning eng optimal foydalanish zarurligi va qay birlarini oshirish mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshishiga olib kelishi ilmiy asosda berilgan tahlil qilingan.
Mazkur maqola davlat fuqarolik xizmatchilari salohiyatini muntazam ravishda oshirishning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) bajarish qobiliyatiga taʼsiri tahliliga bag‘ishlangan. Maqolada davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish masalalariga alohida urg‘u berilgan. Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarini o‘qitish bilan bog‘lik, xarajatlar va KPI bajarilishining dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilingan. Bunda, alohida eʼtibor Davlat boshqaruvi akademiyasining o‘quv dasturlari samaradorligini aniqlashga qaratilgan.
maqolada sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi kadrlar dinamikasi, sogʻliqni saqlash sohasidagi kadrlarning ixtisoslik boʻyicha taqsimoti tahlilga oshirilgan. Kelajakda taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasidagi kadrlar potensialini yanada rivojlantirish uchun kompleks yondashuvni amalga oshirish zarurligi asoslab berilgan.
Mazkur maqolada mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadigan huj-jatlarning qiyosiy-siyosiy hamda huquqiy tah-lilini olib borish orqali ushbu hujjatlarning o‘ziga xos jihatlari hamda muhim bo‘lgan xususi-yatlari to‘g‘risida so‘z yuritilib, mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadigan normativ tusdagi x,amda individual tusdagi qarorlar va farmoyishlar yuzasidan milliy qonunchilikka takliflar hamda ularning asoslari atroflicha muhokama qilinadi.
ushbu maqolada ijtimoiy ishonchni shakllantirish va mustahkamlashda institutsional madaniyatning oʻrni sotsiologik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Institut, institutsional tashkilotlar faoliyati shaffoflik, masʼuliyat va axloqiy meʼyorlarga asoslanishi ijtimoiy ishonchni taʼminlovchi asosiy omil sifatida qaraladi. Tadqiqotda institutlar bilan fuqarolar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda ishonch darajasiga taʼsir etuvchi ijtimoiy omillar ochib berilgan. Natijalar ijtimoiy barqarorlik va institutsional samaradorlikni oshirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.