Mazkur maqolada "mahalla yettiligi" vakillarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan taʼlim dasturlarini onlayn tarzda amalga oshirishning o‘ziga xos jihatlari, mahalla xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalari tahlil qilingan
Maqolada prezidentning konstitutsiya matnida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilmagan, ammo amaliyotda keng qo‘llaniladigan yashirin vakolatlarining ilmiy-nazariy jihatlari tahlil etilgan, ushbu siyosiy-huquqiy institutning xorijiy adabiyotlardagi muqobil atamalari qiyosiy o‘rganilgan va o‘zaro taqqoslangan, Amerika, Yevropa va MDH olimlari bilan ilmiy bahs-munozaraga kirishilgan holda mualliflik xulosalari ishlab chiqilgan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat rahbarining bu turkumdagi vakolatlari xorijiy mamlakatlarning qonunchiligi va amaliyoti bilan qiyosiy-huquqiy tahlil asosida ochib berilgan.
Mazkur maqolada davlat boshqaruvi sohasida Gʻarb davlatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi inson resurslarini rivojlantirish masalasini oʻrganish boʻyicha nazariy yondashuvlar keng qamrovli tahlil qilingan. Gʻarb olimlarining, tadqiqotchilarining iqtisodiy modellari, institutsional yondashuvlari va markaziy osiyolik olimlar hamda mutaxassislarning strategik qarashlari maqolada oʻzaro qiyosiy tahlil etilgan.
Mazkur maqola davlat fuqarolik xizmatchilari salohiyatini muntazam ravishda oshirishning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) bajarish qobiliyatiga taʼsiri tahliliga bag‘ishlangan. Maqolada davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish masalalariga alohida urg‘u berilgan. Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarini o‘qitish bilan bog‘lik, xarajatlar va KPI bajarilishining dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilingan. Bunda, alohida eʼtibor Davlat boshqaruvi akademiyasining o‘quv dasturlari samaradorligini aniqlashga qaratilgan.
Ushbu ilmiy maqolada transmilliy uyushgan jinoyatchilik va korrupsion jinoyatlarga qarshi kurashishning nazariy hamda huquqiy muammolari sinchkovlik bilan tahlil qilingan. Bundan tashqari, muallif “korrupsiya jinoyati” tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib olgan. Shuningdek, maqolada transmilliy jinoyatlarning belgilari va turlari, jumladan, inson savdosi, mintaqaviy korrupsiya va h.k. oʻrganilgan.
Mazkur ilmiy maqolada jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikning huquqiy asoslari tizimli tahlil qilingan. Muallif maqolada huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimida xalqaro hamkorlik masalalarining nazariy jihatlarini yoritishga harakat qilgan. Shu bilan birga, bugungi kunda dolzarb hisoblangan “xalqaro jinoiy guruh” va “xalqaro jinoiy jamiyat” tushunchalarining mazmun-mohiyati ham tahlil qilingan.
Muallifning xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi boʻyicha qiyosiy tahlili ushbu maqolaning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettirgan.
Мазкур мақолада ҳудудлар иқтисодий хавфсизлигини бошқаришнинг илмий-назарий асослари, ҳудудий даражада иқтисодий хавфсизликни таъминлашнинг концептуал ва методологик жиҳатлари ўрганишга бағишланган. Унда “иқтисодий хавфсизлик” тушунчасининг ҳудудий ўлчовдаги моҳияти, асосий таҳдид ва хавф-хатарларнинг таснифи, уларни идентификация қилиш, баҳолаш ва бошқариш механизмлари илмий-назарий нуқтаи назардан таҳлил этилган. Шунингдек, хавфсизлик индикаторлари тизими, мониторинг ва прогнозлаштириш усуллари, стратегик режалаштириш ва ҳудудий сиёсат шакллантиришнинг назарий асослари муҳокама қилинган. Ҳудудий иқтисодий хавфсизликни таъминлашда давлат бошқаруви ва институционал механизмларнинг ўрни ҳам очиб берилган.